“Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist”, 2-darajali “Mehnat faxriysi”, iste’fodagi general-mayor Janabay Palimoviç Şilmanov 86 yoşida vafot etdi.

Janabay Şilmanov 1940 yil 16 noyabrda Qoraqalpoğiston Respublikasining Kegeyli tumanida tuğilgan.

Mehnat faoliyatini 1962–1965 yillarda Tinç okeani harbiy-dengiz floti safida instruktor sifatida boşlagan. Keyinçalik Davlat xavfsizlik qömitasi tizimida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

1987 yildan Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari, 1991–2002 yillarda esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vaziri lavozimida xizmat qilgan.

Janabay Şilmanov içki işlar general-mayori harbiy unvoni, 2-darajali «Şon-şaraf» ordeni hamda “Qoraqalpoğiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2002 yildan nafaqaga çiqqan J.Şilmanov Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesida qömita raisi, şuningdek Konstitutsiyaviy nazorat qömitasi raisi lavozimlarida ham uzoq yillar davomida samarali mehnat qilgan.