Rossiya Ukrainaga qarşi uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarni çözmoqda. Bu haqda Ukraina Oliy radasi spikeri Ruslan Stefançuk juma kuni, 6 fevralda Vaşingtonda DW’ga bergan intervyusida aytdi.

«Bu — Rossiyaning an’anaviy mohiyati. U “Biz heç qanday şartlarsiz har qanday narsaga tayyormiz, lekin, lekin, lekin...” deydi. Ular (rossiyaliklar — tahr.) bu jarayonni çözmoqda», — dedi u. «Biz uçun esa muhimki, ukrainlar va amerikaliklar birgalikda namoyon eta oladigan aniq, qat’iy harakatlar rossiyaliklarga bu uruşni tugatiş böyiça kelişişi kerakligini tuşuntirsin», — deya qöşimça qildi Stefançuk va Ukraina muzokaraçilari zarur bölgan barça işni qilayotganiga işonç bildirdi.

5 fevral kuni Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQŞ örtasida tinçlik yölida kelişuvga erişişga qaratilgan ikki kunlik muzokaralar yakunlangan edi.

Vaşingtonga taşrifi çoğida Stefançuk AQŞ Kongressida Ukraina uçun AQŞ tomonidan xavfsizlik kafolatlarini ratifikatsiya qiliş imkoniyatini Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson bilan muhokama qildi.

«Bu juda muhim: biz keça spiker Jonson bilan gaplaşdik — Ukrainada Budapeşt memorandumi böyiça salbiy tajriba bor, bizga majburiy (huquqiy jihatdan boğlovçi) xavfsizlik kafolatlari kerak, biz ularni ham Kongressda, ham Ukraina Oliy radasida ratifikatsiya qilişga tayyor bölamiz», — deya ta’kidladi u.

Rada spikeri Kiyev uçun Jonsonning qöllab-quvvatlovi muhimligini qayd etdi. «Biz birinçi marta uçraşayotganimiz yöq. U bilan doimiy ravişda qönğiroqlaşamiz, bu masalalar böyiça muvofiqlaşamiz. U töğridan töğri mendan ma’lumot oliş imkoniyatiga ega», — dedi Ruslan Stefançuk.

Ukrain siyosatçisi, xususan, senatorlar Lindsi Grem (Janubiy Karolina ştati, respublikaçi) va Riçard Blyumental (Konnektikut ştati, demokrat) bilan Ukrainaga Tomahawk raketalarini beriş masalasini muhokama qilgan. «Ukraina tinçlikni istaydi, şuning uçun biz diplomatik maydonda ham yeçim variantlarini izlayapmiz», — dedi DW suhbatdoşi.

Avvalroq, 2025 yil noyabr oyida Ruslan Stefançuk Kiyev uçun muzokaralardagi «qizil çiziqlar» sifatida quyidagilarni atagan edi: Rossiya bosib olgan hududlarni rasman tan oliş, Ukraina mudofaa kuçlarini çeklaş va mamlakatning kelajakdagi ittifoqlariga çeklov qöyiş.