Kreativ iqtisodiyot va turizm departamenti rahbari, Özbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi raisi Gayane Umerova Art Basel Qatar körgazmasi doirasida ötkazilgan Art Basel Conversations dasturida iştirok etdi.
5 fevral kuni Qatar Creates Talks × Art Basel Conversations jamoatçilik dasturi doirasida ötkazilgan tadbirda Qatar, Özbekiston va Tunisning yetakçi madaniy institutlari vakillari zamonaviy biyennale formatlari, körgazma amaliyotining yangi yondaşuvlari hamda san’atning jamoatçilik bilan muloqot mexanizmlari haqida gaplaşişdi. «Rubayya, Buxoro va Djau: yangi platformalar, yangi imkoniyatlar» mavzusidagi panel sessiyada muhokamasida Umerova bilan bir qatorda «Rubaiya Qatar» jamğarmasi direktori Şayxa Al-Anud Al Tani, «Jaou Tunis» biyennalesi asosçisi va «Kamel Lazaar» jamğarmasi vitse-prezidenti Lina Lazaar ham iştirok etdi.

Muhokamada Buxoro biyennalesi urban transformatsiyaga qaratilgan uzoq muddatli institutsional model sifatida alohida ta’kidlandi. Bu taşabbus faqat davriy körgazma formati bilan çeklanmaydi, u tarixiy şaharni rivitalizatsiya qiliş, madaniy infratuzilmani qayta faollaştiriş va barqaror rivojlaniş mexanizmlarini şakllantirişga yönaltirilgan.
Biyennale şahar muhiti bilan bevosita işlaydi: loyihalar mavjud me’moriy meros, hunarmandçilik an’analari va mahalliy jamoalar bilan hamkorlik asosida amalga oşiriladi. Bu yondaşuv san’atni institutsional makonlardan çiqarib, uni urban hayotning ajralmas qismiga aylantirişni, jamoatçilik iştirokini kuçaytirişni va madaniy merosni zamonaviy ma’no bilan boyitişni maqsad qiladi. Özbek biyennalesi madaniy tadbir sifatida emas, balki şaharni kompleks rivojlantirişga xizmat qiladigan strategik platforma sifatida taqdim etildi.
Yodingizda bölsa, 2025 yil sentabrdan noyabrgaça ötkazilgan Buxoro biyennalesi 1,8 milliondan ortiq mehmonlarni öziga jalb qilgan. Bu esa tarixiy markazni tiklaşga qaratilgan keng qamrovli dasturga turtki bölib xizmat qiladi. Dastur doirasida Madaniy hudud barpo etiş va meros obektlarini uzoq muddatli jamoatçilik foydalanişiga moslaştiriş işlari amalga oşirilmoqda. 2026 yil mart oyida oçilişi rejalaştirilgan Toşkent zamonaviy san’at markazi, tadqiqot loyihalari hamda YuNeSKO bilan hamkorlik dasturlari ham dasturning bir qismi hisoblanadi.
Art Basel Qatar kabi nufuzli xalqaro maydonda uşbu tajribaning taqdim etilişi Özbekiston uçun bir neçta strategik imkoniyatlarni oçadi. Avvalo, mamlakat zamonaviy san’at va madaniy siyosat sohasida global muloqot iştirokçisi sifatida namoyon böladi. Ikkinçidan, xalqaro kuratorlar, muzeylar va kolleksionerlar bilan hamkorlikni kengaytiriş imkoni paydo böladi. Şuningdek, madaniy taşabbuslar orqali turizm salohiyatini oşiriş va Özbekistonning ijobiy xalqaro imijini mustahkamlaşga xizmat qilişi mumkin.










