Har qanday jamiyatda hokimiyat uzoq vaqt özgarmasdan qolsa, odamlar ham şu holatga könikib boradi. Bunday şaroitda şaxslar almaşişi har doim ham tizimni yangilab bermaydi. “5 daqiqa”ning uşbu sonida Gabriel Garsia Markesning “Buzrukning kuzi” romani orqali hokimiyat va jamiyat örtasidagi murakkab munosabatlar haqida gaplaşamiz.
Asar boşida xalq diktatorning ölik tanasini saroydan topadi. Undan hid keladi, ğamgin quşlar qasr içida uçib yuradi, devorlar nurab boşlagan. Bu manzara faqat jismoniy ölim emas, balki butun tizimning ma’naviy halokatiga işora qilardi. Ammo şu ölim bilan asar tugamaydi, aksinça, mana şu nuqtadan voqealar boşlanadi.
Diktatorning hayoti orqaga qaytib, bölak-bölak holda köz oldingizda gavdalanadi. Uning bolaligi, hokimiyatga kelişi, mutlaq kuçni qölga olişi va yillar davomida xalqni qörquv orqali boşqarişi bir-biriga ulangan epizodlar sifatida beriladi. Markes vaqtni buzadi: keça, bugun va erta orasida aniq çegara yöqoladi. Bu usul tasodifiy emas - diktaturada ham vaqt yöqoladi, çunki barça narsa bir odamning irodasiga boğlanib qoladi.
Voqealar davomida diktator obrazi aniq şaxsdan köra, umumlaşgan timsolga aylanadi. U bir vaqtning özida mehribon öğildek onasiga boğlangan, lekin millionlab odamlar taqdiri bilan bemalol öynaydigan zolim sifatida namoyon böladi. Ona - asarning muhim nuqtalaridan biri. U diktator uçun muqaddas, hatto davlatdan ham ustun. Onasi tirik vaqtida u hali ham insonga öxşaydi, uning ölimi esa diktatorni butunlay yolğiz qoldiradi.
Davlatni xususiylaştirib oladi
Asarda hokimiyatning taşqi körinişi ham, içki mexanizmi ham bosqiçma-bosqiç oçib beriladi. Diktator saylovlarni soxtalaştiradi, raqiblarni yöq qiladi, vazirlarni öz xohişiga köra almaştiradi. U butun bir dengizni çet elliklarga sotib yuboradi - bu voqea mutlaq hokimiyat odamni qanday aqldan ozdirişini körsatadi. Davlat endi xalqniki emas, balki bir odamning xususiy mulkiga aylanib qolgandi.
Voqealar çuqurlaşgani sari, diktatorning yakkaligi kuçayadi. Atrofida minglab xizmatkorlar, harbiylar, amaldorlar bor, lekin işonç yöq. U hammaga, hatto öz farzandlariga ham şubha bilan qaray boşlaydi. Asarda uning köplab farzandlari borligi aytilsa-da, ularning taqdiri deyarli noma’lum, ismsiz, ruhsiz tasvirlanadi.
Roman davomida xalq obrazi ham özgarib boradi. Boşida qörqqan, sözsiz itoat etgan omma keyinçalik çarçagan, umidsiz holatga keladi. Ammo ular ham diktatorsiz yaşaşni bilmaydi. Uning ölimi haqida xabar tarqalganda, xalq işonmaydi. Çunki u avval ham bir neça bor “ölgan”, lekin yana qaytib kelgan.











