Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy matbuot anjumanida şu kunlarda Abu-Dabida bölib ötgan muzokaralarning ayrim detallarini keltirdi.

Zelenskiyning sözlariga köra, AQŞ Ukraina va Rossiyaga uruşni yozning boşiga qadar yakunlaşni taklif qilmoqda. «Nima uçun aynan yozgaça? Amerikadagi içki muammolar katta ta’sirga egaligi va [kongress uçun oraliq saylovlar arafasida] bu ular uçun yanada dolzarblaşişini tuşunamiz», – deya qayd etgan u va Vaşington katta ehtimol bilan, uşbu grafikka amal qilinişi uçun Kiyev va Moskvaga bosim ötkazişi mumkinligini qöşimça qilgan.

Zelenskiy şuningdek, Abu-Dabida tomonlar uruş yakunlangan taqdirda öt oçişni töxtatiş rejimiga amal qilinişini kuzatib borişning texnik jihatlari böyiça kelişib olgani haqida gapirgan. AQŞ monitoring işlarida qatnaşişga tayyorligini bildirgan, Yevropaning iştiroki muhokama qilinmagan.

Muzokaralarda eng murakkab masala hududiy masala bölib qolmoqda. Zelenskiy tomonlar Donbassda erkin iqtisodiy zona yaratiş imkoniyatlarini muhokama qilayotgani, biroq hozirça bu borada kelişuvga erişişdan yiroqligini ta’kidlagan.

«Erkin iqtisodiy zonalar tuziş böyiça kelişib olsak ham, bizga adolatli va işonçli qoidalar kerak böladi. Men har ikki tomon uçun bir xil qoidalar, har ikki tomon uçun bir xil takliflar bölişini nazarda tutyapman», – degan Zelenskiy va bu ğoya hayotga tatbiq etilgan taqdirda ham, Ukraina heç qaçon rasman Donbassni Rossiyaniki deb tan olmasligini qayd etgan.

Ukraina prezidenti Moskva öt oçişni töxtatişga rozi böliş uçun ukrain qöşinlarini Donbassdan olib çiqişni talab qilişda davom etayotgani, Kiyev esa «qayerda töxtagan bölsak, öşa yerda qoliş» prinsipiga amal qilişni taklif etayotganini qöşimça qilgan.

Zelenskiyning sözlariga köra, uçtomonlama muzokaralarning navbatdagi bosqiçi bir haftadan keyin Mayamida bölib ötişi mumkin: amerikaliklar şunday taklif bildirgan, Ukraina uni qöllab-quvvatlagan.

Reuters agentligi 7 fevral kuni, Zelenskiyning bayonotidan oldinroq, AQŞ mart oyidayoq tinçlik kelişuvni tuzişni, may oyida esa Ukrainada saylovlar ötkazişni taklif qilgani haqida xabar bergandi.

Agentlik manbalari ham «hududiy masalada hamon özgariş yöqligi»ni tasdiqlagan: Ukraina hududni harbiylardan xoli qiliş hamda erkin iqtisodiy zonalar yaratiş kabi «nostandart yeçimlar»ni muhokama qilişga tayyor bölsa ham, Kiyevdagilar Moskvaning Donbassni topşiriş talabani qabul qilib bölmas talab deb hisoblaydi.