Uşbu iş haftasida Özbekiston böyiça nam havo kuzatiladi. Mamlakat hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi, şimolda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Havo harorati kunduzi asosan +12…+17 daraja atrofida böladi, hafta örtasida esa +8…+11 darajagaça pasayadi. Keçalari nisbatan +7…+10 daraja atrofida böladi, hafta örtasida +3…+6 darajagaça tuşadi.

Respublika şimolida harorat keçalari –2…+3 darajadan –5…–10 darajagaça, kunduz kunlari +3…+8 darajadan 0…–5 darajagaça özgarib turadi.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, 9–10 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tuşadi. Toğli hududlarda yoğinganrçilik (yomğir, qor), vaqti-vaqti bilan kuçli böladi. Qor köçişi xavfi bor.

Toşkent şahrida duşanba keçga tomon yomğir yoğadi. Harorat kunduzi +14…+16 daraja böladi. 10−13 fevralda vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Havo harorati kunduz kunlari asosan +11…+16 daraja böladi, 11 fevralda +8…+10 darajagaça pasayadi.

Harorat keçalari +8…+10 darajadan +3…+5 darajagaça özgarib turadi. Şamol 3–8 metr/soniya telikda esadi, vaqti-vaqti bilan 9–14 metr/soniyagaça kuçayadi.