Uçraşuvda loyihaning joriy holati, texnik-taşkiliy masalalar hamda işlarni muvofiqlaştirişga doir jihatlarga alohida e’tibor qaratildi. Vengriya tomoni işlar borişi yuqori darajada ekanini ta’kidlab, loyihaning izçil va samarali tarzda ilgari surilayotganini qayd etdi.

Şuningdek, loyihani töliq amaliy bosqiçga ötkaziş uçun uç tomonlama bitimni imzolaş jarayonini tezlaştiriş maqsadga muvofiqligi bildirildi. Tomonlar mazkur hujjatning öz vaqtida rasmiylaştirilişi loyihani aniq reja asosida jadallaştiriş, vazifalar taqsimotini belgilaş hamda keyingi işlar grafigini muvofiqlaştirişda muhim ekanini ta’kidladi.

Uçraşuv yakunida Peter Karpati MVM guruhi Özbekiston bozoriga kirişdan manfaatdor ekanini, mamlakatda yirik va uzoq muddatli strategik hamkor sifatida iştirok etiş imkoniyatlarini körib çiqayotganini ma’lum qildi. Şu bilan birga, kompaniya Özbekistondagi investitsiya loyihalari böyiça takliflarni körib çiqişga tayyor ekanini bildirdi.