Hujjatga muvofiq, Sirdaryo viloyatida, xususan Guliston davlat universiteti qoşida xalqaro standartlarga javob beradigan avtomobilsozlik yönalişi böyiça zamonaviy öquv-trening markazi taşkil etiş rejalaştirilmoqda. Markazni ilğor laboratoriya jihozlari va zamonaviy öquv infratuzilmasi bilan ta’minlaş közda tutilgan.

Şuningdek, hamkorlik doirasida qöşma öquv rejalari va öquv-uslubiy materiallar işlab çiqiş, professor-öqituvçilar va mutaxassislar almaşinuvini yölga qöyiş, Xitoyda malaka oşiriş va stajirovkalar taşkil etiş rejalaştirilgan. Bitiruvçilarga xalqaro sertifikat va malaka beriş mexanizmlarini joriy etiş ham nazarda tutilmoqda.

Ta’kidlanişiça, mazkur taşabbus avtomobilsozlik sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaş, ta’lim va işlab çiqariş integratsiyasini kuçaytiriş, şuningdek, talabalar va professor-öqituvçilarning akademik harakatçanligini kengaytirişga xizmat qiladi.