AQŞ qurolli kuçlari Tinç okeanida narkotik taşigan navbatdagi kemaga zarba berilganini ma’lum qildi. Duşanba, 9 fevral kuni amalga oşirilgan hujum natijasida narkosavdoda gumon qilinayotgan ikki kişi halok bölgan, deb xabar berdi AQŞning Lotin Amerikasi va Karib havzasi böyiça Janubiy qömondonligi X ijtimoiy tarmoğida.
Qömondonlik postida şunday deyiladi: “Razvedka ma’lumotlari kemaning Tinç okeanning şarqiy qismida narkotrafikning ma’lum yönalişlari böylab harakatlanganini va narkosavdo operatsiyalarida iştirok etganini tasdiqladi. Zarba natijasida ikki ‘narkoterrorist’ öldirildi, biri tirik qoldi”.
Qömondonlik, şuningdek, tirik qolgan şaxsni qutqariş zarurati haqida “zudlik bilan AQŞ qirğoqni qöriqlaş xizmatiga xabar berilgani”ni qayd etgan.
Bu şunga öxşaş uçinçi zarba. Qömondonlik bayonotiga köra, 3 yanvar kuni AQŞ qurolli kuçlari harbiy amaliyot davomida Venesuela rahbari Nikolas Maduroni qölga olgan va uni turmuş örtoği Siliya Flores bilan birga AQŞga olib ketgan. Ularga qöyilgan ayblovlar orasida “narkoterrorizm maqsadida til biriktiriş” va “kokain olib kiriş maqsadida til biriktiriş” ham bor. Ular aybini tan olmadi.
Qömondonlik ma’lum qilişiça, 2025 yil sentabridan beri AQŞ Qurolli kuçlari Tinç okeani va Karib havzasida narkotik kontrabandasiga aloqador deb gumon qilingan önlab kemalarga hujum qilgan. Harbiylar ma’lumotiga köra, bu hujumlar oqibatida kamida 130 kişi halok bölgan.
AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati halok bölganlar haqiqatan ham narkosavdogar bölganini tasdiqlaydigan dalillarni taqdim etmagan. Tanqidçilar esa bu hujumlarni sudsiz qatl deb atab, xalqaro huquq buzilayotganini ta’kidlaydi.












