11 fevral kuni soat 9:00 dan boshlab, barcha hududlarda, jumladan vodiy viloyatlarida ham «metan zapravka»lar bosqichma-bosqich odatdagi rejimda faoliyat yurita boshlaydi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, Energetika vazirligi havo harorati pasayishi munosabati bilan 20 yanvardan respublikada metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritgandi.

Keyinroq, 2 fevraldan boshlab, ularga nisbatan cheklov yumshatildi va soat 10:00 dan soat 16:00 gacha ishlashiga ruxsat berildi.