Ukraina vazirining aytişiça, uşbu hujjat Ukraina va Fransiyaning mudofaa-sanoat majmuasi sohasida keng kölamli qöşma loyihalarga yöl oçadi. “Yetkazib berişdan qöşma işlab çiqariş va mudofaamizni tizimli ravişda kuçaytiradigan uzoq muddatli yeçimlarga ötyapmiz”, — degan Fedorov Fransiya mudofaa vaziri Katrin Votren bilan uçraşuvdan keyin.
Hamkorlikning asosiy yönalişlari sifatida aviatsion qurol-yaroğ, havo mudofaasi tizimlari, uzoq masofali zarba beriş vositalari hamda radioelektron kuraşning innovatsion tizimlarini işlab çiqiş belgilangan. Jumladan, fransuz tomoni Ukrainaga Mirage 2000 samolyotlarini topşirişga tayyorgarlik körayotganini bildirgan.
Fedorov va Votren, şuningdek, qiruvçi samolyotlar yetkazib berişni tezlaştiriş va AASM Hammer boşqariladigan aviatsion bombalarini rekord hajmda işlab çiqariş böyiça qöşma iş olib boriş masalalarini muhokama qilgan.
Ukraina mudofaa vaziri bayonotida Ukraina kelgusida ham SAMP/T, Mistral va Crotale tizimlari, şuningdek, ular uçun öq-dorilarni olişdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Bundan taşqari, Ukraina va Fransiya qöşma mudofaa-sanoat loyihalarini Yevropa Ittifoqining kreditlari va SAFE dasturi hisobidan moliyalaştirişni ham muhokama qilgan.












