Germaniya ötgan hafta Abu-Dabida bölib ötgan muzokaralarda “ança katta ilgarilaş”ni körişni istagan, dedi duşanba, 9 fevral kuni Berlinda Germaniya hukumati rasmiy vakili Ştefan Kornelius. “Moskva hali-hamon maksimalistik talablarda turibdi. Biz Moskvani bu talablardan voz keçişga va qabul qilinadigan murosalarga olib boradigan yöllarni izlaşga çaqiryapmiz”, — deb ta’kidladi u.

Ukrainadagi uruşni yakunlaşning ehtimoliy şartlari böyiça yopiq tarzda ötgan ikki kunlik muzokaralar 5 fevral kuni Abu-Dabida yakunlangan. Unda Kiyev va Moskva navbatdagi asirlar almaşinuvi böyiça kelişib olgan. Biroq Ukrainada öt oçişni töxtatiş sari yölda jiddiy burilişga erişilmagan.

Şunga qaramay, uşbu uçraşuvlar yakunlari böyiça barça tomonlar — ya’ni Rossiya, Ukraina va AQŞ muayyan ilgarilaş borligini bildirgan. Masalan, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio hal qilinmagan masalalar röyxati “sezilarli darajada qisqargani”ni, biroq ularning “eng qiyinlari” hali qolganini aytgan. Xususan, RF armiyasi tomonidan egallab olingan Ukraina hududlarining kelajagi masalasi hanuz aniq emas.

Öz navbatida, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 fevral kuni jurnalistlar bilan uçraşuvda Vaşington Kiyev va Moskva muzokaraçilariga 9 fevraldan boşlanadigan haftada Mayamida yangi muzokaralar raundini ötkazişni taklif qilganini ma’lum qildi. Davlat rahbarining qöşimça qilişiça, Ukraina öz iştirokini tasdiqlagan.

Germaniya hukumati matbuot kotibi Ştefan Kornelius muzokara jarayonining davom etişini qöllab-quvvatlagan. “Muhimi şundaki, Ukraina Rossiya bilan töğridan töğri muzokara olib bormoqda, — dedi u 9 fevral kuni. — Bu tinçlik jarayoniga qarab olğa siljiş uçun markaziy elementdir”.