Qonunchilikka muvofiq, ayrim toifadagi shaxslarga avtomobil benzini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi oylik pul kompensatsiyasi shaklida to‘lab beriladi.

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining qarori bilan mazkur kompensatsiyaning yangi miqdori tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, shu vaqtga qadar 130 600 so‘m bo‘lib kelgan oylik kompensatsiya 2026 yil I choragidan boshlab 208 760 so‘mni tashkil etadi.