Dunyoning eng badavlat oilalari yaşaş va biznes yuritiş davlatlarini ommaviy ravişda özgartirmoqda, köçib ötiş joylari orasida BAA yetakçilik qilmoqda, deb yozdi CNBC. Xususiy kapital harakati rekord darajaga yetdi, deyiladi maqolada.

UBS banki ma’lumotlariga köra, sörovda qatnaşgan 87 milliarderning 36 foizi 2025 yilda yaşaş mamlakatini özgartirgan, yana 9 foizi köçiş haqida öylamoqda. Bank sodir bölayotgan voqealarni «tarixdagi eng yirik xususiy kapital migratsiyasi» deb atadi.

Henley & Partners hisobotida aytilişiça, bu yil oilasi va biznesini olib, yangi mamlakatlarga abadiy köçib ötadigan millionerlar soni 165 mingga yetişi mumkin. Badavlat odamlarning global migratsiyasining asosiy sababi asosan investitsiya infratuzilmasi bölib, u barça bunday köçişlarning taxminan 30 foizini taşkil qiladi.

Mutaxassislarning aytişiça, boy oilalar geosiyosat va qonunlarning kuçayişi tufayli yaşaş va fuqarolik mamlakatlarini özgartira boşlagan. Buyuk Britaniyada 2025 yil aprel oyida norezidentlar uçun maxsus soliq rejimining bekor qilinişi bunga misol böla oladi. Henley & Partners hisob-kitoblariga köra, 2025 yili qirollikdan çiqib ketiş 16,5 ming millionerni taşkil etgan bölsa, 2024 yilda bu körsatkiç 9,5 mingni taşkil etgan, ularning umumiy boyligi esa 92 milliard dollarga baholangan.

Greenback yillik söroviga köra, Qöşma Ştatlardan taşqarida yaşovçi amerikaliklarning fuqarolikdan voz keçiş imkoniyatini körib çiqayotganlar uluşi bir yil içida 30 foizdan 49 foizgaça oşgan. Söralganlarning yarmidan köpi (51 foiz) buni Oq uy siyosatidan norozilik bilan izohlagan.

Kapital köçirişning asosiy yönalişi BAA böldi. 2025 yilda u yerga sof oqim 9,8 ming millionerni taşkil etdi - bu dunyodagi eng yaxşi körsatkiç. Sabablar orasida daromad soliği, kapital soliği yöqligi va investorlar uçun «oltin viza» olişning moslaşuvçan dasturi bor.

Italiya, Şveytsariya, Portugaliya, Gretsiya va Singapur millionerlar köçib ötişining maşhur yönalişlari bölib, ular imtiyozli soliq rejimlari, investitsiya dasturlari va hayot sifati orqali öz jozibadorligini kuçaytirmoqda. Yangi yönalişlar qatorida Saudiya Arabistoni ham bor, u 2024 yilda Premium Residency dasturi doirasida köçib ötiş uçun 8 mingdan ortiq ruxsatnoma bergan. Bu iste’dodli odamlar va tadbirkorlarga beriladigan maxsus yaşaş guvohnomasidir.

2025 yil yozida şaxsiy kapitali 1,4 mln dollardan kam bölmagan britaniyalik millionerlarning yarmidan köpi, agar hukumat yangi haşamat soliğini joriy qilsa, qirollikni tark etişi mumkinligini aytdi. Ular köçib ötiş öz moliyaviy ahvolini yaxşilaşi mumkinligini ta’kidladi. Ehtimoliy emigratsiya uçun mamlakatlar reytingida AQŞ, Kanada, Avstraliya va BAA yetakçilik qildi.