Prezident Şavkat Mirziyoyev 10 fevral kuni Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari böyiça ötkazgan yiğilişda sanoat tarmoqlarini rivojlantiriş va yangi quvvatlarni kadrlar bilan ta’minlaşga alohida e’tibor qaratildi.

Yiğilişda viloyatda sanoat rivoji hududlar kesimida nomutanosib ekani qayd etilib, Nurota tumanida granit sanoat parki, qayta işlaş klasteri va pardozbop toşlar bozorini taşkil etiş, Xatirçi tumanida kiçik sanoat zonasini işga tuşiriş hamda yuqori qiymatli loyihalarni joylaştiriş kabi taşabbuslar ma’qullandi. Şuningdek, pardozbop toşlar işlab çiqarişni bir neça barobar oşiriş vazifasi qöyildi.

Aynan şu yangi loyihalar va sanoat quvvatlari uçun yetarli kadrlar tayyorlaş maqsadida Navoiy raqamli texnologiyalar texnikumida toğ-kon va kimyo sanoati uçun kadrlar tayyorlaş markazi taşkil etiladi.

Yiğiliş yakunida mutasaddilarga belgilangan vazifalar ijrosini tizimli taşkil etiş, tayyorlanadigan kadrlar amaliyotga yönaltirilgan, zamonaviy talablarga javob beradigan bilim va könikmalarga ega bölişini ta’minlaş böyiça tegişli körsatmalar berildi.