Pokistonda o‘tkazilgan nufuzli IX “Jamoa ruhi” xalqaro musobaqasida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi razvedkachilari eng yuqori natijani qayd etib, 97,3 foiz ko‘rsatkich bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Malayziya (82,1 foiz), uchinchi o‘rinni esa AQSh (76,4 foiz) egalladi.

Musobaqada dunyoning 19 ta davlatidan 34 ta jamoa ishtirok etgan. Shartlarga ko‘ra, ishtirokchilar 90 kilometr masofani bosib o‘tish asnosida 31 marta turli murakkab to‘siqlar hamda amaliy test sinovlarini bajarishi lozim bo‘lgan. O‘zbekiston jamoasi mazkur masofani 33 soat-u 34 daqiqada yakunladi.

Shuningdek, harbiylar 80 kilogramm vazndagi “yarador”ni 5 km masofaga tashish bo‘yicha 27 daqiqada mutlaq rekord o‘rnatgani qayd etildi.