
Özbekistonda yaşirin iqtisodiyot muammosi biznesda halol raqobatga ham, investitsiya muhitiga ham salbiy ta’sir qilmoqda. Soyadagi iqtisod kengaygani sari, davlat budjeti kamroq daromad oladi. Budjet kamaysa, soliq bazasi torayadi, natijada yuk köpinça halol işlayotgan biznes zimmasiga tuşadi.
Eng muhimi, budjetdagi mablağlar kamaygani uçun ta’lim, tibbiyot va infratuzilma kabi jamiyat uçun eng zarur sohalarni moliyalaştiriş imkoniyati ham qisqaradi. Ya’ni yaşirin iqtisodiyotning zarari faqat davlatga emas, oxir-oqibat har bir fuqaroga ta’sir qiladi.
Oxirgi yillarda Özbekistonda yaşirin iqtisodiyotni oqartiriş uçun bosqiçma-bosqiç çoralar körib kelinyapti. Şu maqsadda soliq tizimi raqamlaştirildi, savdo-sotiqdagi operatsiyalar elektron tarzda köproq qayd etiladigan böldi. Masalan, onlayn nazorat-kassa maşinalari va virtual kassa tizimlari keng joriy qilindi. Buning natijasida çakana savdo va umumiy ovqatlaniş sohasida tuşumlar deyarli real vaqtda hisobga olina boşladi.
Naqdsiz tölovlarni köpaytiriş, biznesda soğlom raqobatni kuçaytiriş va eng muhimi yaşirin iqtisodiyotni kamaytiriş uçun Soliq qömitasi yangi qaror loyihasini tayyorlagan. “Yaşirin iqtisodiyotni qisqartirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi uşbu loyiha hozirda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.
Loyihaning asosiy maqsadi – naqdsiz tölovlarni köpaytiriş orqali soyadagi pul aylanmasini kamaytirişdan iborat. Buning uçun savdo-sotiqda har bir tölov va operatsiya “raqamli iz” qoldiradigan qilib qöyiladi. Ya’ni har bir savdo va tölov elektron tizimda qayd etiladi va kuzatib boriladi. Bu esa noqonuniy aylanmalarni yaşirişni qiyinlaştiradi.
Ammo şu örinda muhim savol tuğiladi: yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşda faqat qonun hujjatlarini qabul qilişning özi yetarlimi? Nega şunça qonun va qarorlar çiqarilayotgan bölsa ham, soyadagi iqtisodiyot hali ham saqlanib qolmoqda? Balki muammo faqat qonunlarda emas, balki ularning amalda qanday işlayotganida hamda tadbirkor va fuqarolarning bu jarayonga qanday munosabatda ekanligiga boğliqdir.
Xorij tajribasi şundan dalolat beradiki, hatto eng yaxşi qonunlar ham odamlar uni qabul qilmasa, kutilgan samarani bermaydi. Qonun işlaşi uçun tizimga işonç bölişi şart. Agar tadbirkor yangi qoidalarga faqat jarima yoki jazodan qörqib amal qilsa, imkoniyat topişi bilan yana soyaga qaytişi mumkin.











