Gallup kompaniyasi endi AQŞ prezidenti reytingi böyiça oylik sörovnomalarni e’lon qilmaydi. Bu haqda The New York Times gazetasi yozdi.

Joriy yildan boşlab Gallup siyosiy arboblarning ma’qullaş va maşhurlik reytinglarini e’lon qilişni töxtatadi. Kompaniya sönggi 88 yil davomida AQŞ prezidenti reytingini har oy e’lon qilib kelgan.

Qaror AQŞ prezidenti Donald Trampning reytingi tuşib ketişi fonida qabul qilindi. Agar ötgan yilning fevral oyida u 47 foiz deb baholangan bölsa, sönggi sörovnomada u 36 foizga tuşdi. Bu Trampning prezidentlik davridagi eng past reytingi emas - 2021 yil yanvarida Kapitoliydagi tartibsizliklar paytida uning maşhurligi 34 foizga tuşib ketgan.

Ta’kidlanişiça, prezidentning ma’qullaş reytingini e’lon qilişni töxtatiş «faqat tadqiqot maqsadlari va ustuvorliklariga asoslangan strategik siljiş» sifatida baholangan. Gallup endi dolzarb masalalar va siyosiy mavzular böyiça jamoatçilik fikri sörovlariga «köproq e’tibor qaratadi».

Kompaniya öz bayonotida hozir prezidentlarning samaradorligini baholaydigan köplab reytinglar mavjudligini, şuning uçun bu tadqiqotlar «endi Gallup katta hissa qöşişi mumkin bölgan soha emasligini» ta’kidladi. Şu bilan birga, uning reytinglari uzoq vaqt davomida jamiyatdagi kayfiyat haqidagi eng işonçli ma’lumot manbalaridan biri hisoblangan.

Sotsiologik sörovlar ötkazadigan taşkilotlar Oq uy va şaxsan Tramp tomonidan bir neça bor tanqid va tahdidlarga duç kelgan. Masalan, joriy yil yanvar oyida The New York Times gazetasi Siyena universiteti bilan hamkorlikda ötkazilgan sörovnomani «Faqat sanoqli saylovçilar Trampning ikkinçi muddati mamlakatni yaxşiladi, deb hisoblaydi» sarlavhasi ostida çop etdi. Sörov natijalari şuni körsatdiki, prezidentning ma’qullaş reytingi 40 foizni taşkil etib, 2025 yil sentabr oyidan beri uç foizga pasaygan. Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida uşbu sörovnomani naşrga qarşi da’voga yana bir epizod sifatida qöşiş bilan tahdid qildi.