AQŞ Eron bilan keskin munosabatlar fonida Fors körfaziga eng katta «Gerald R. Ford» aviataşuvçisini kuzatuv kemalari bilan yubormoqda. Bu haqda The New York Times, Associated Press va boşqa ommaviy axborot vositalari öz manbalariga tayanib xabar berdi. Pentagon bu ma’lumotga izoh bermadi.
Sönggi ma’lumotlarga köra, «Gerald R. Ford» aviataşuvçisi Atlantika okeanida Janubiy Amerika va Karib dengizi sohillari yaqinida bölgan. The New York Times naşrining yozişiça, aviataşuvçidagi samolyotlar Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qölga oliş operatsiyasida iştirok etgan.
10 fevral kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron bilan kelişuvga erişilmasa, Yaqin Şarqqa ikkinçi aviataşuvçisini yuboriş imkoniyatini körib çiqayotganini ma’lum qildi.
12 fevralda Tramp Eron bilan muzokaralar bir oyga çözilişi mumkinligini aytdi va agar kelişuvga erişilmasa, Eron uçun «juda ayançli» bölişini qöşimça qildi.
Yanvar oyidan beri Fors körfazida allaqaçon «USS Abraham Lincoln» aviataşuvçisi va boşqariluvçi raketa qurollariga ega bir neçta esminetslar mavjud.
The Wall Street Journal yana bir aviataşuvçi kema - «George HW Bush» Yaqin Şarqda joylaşişga tayyorgarlik köriş uçun buyruq olganini yozgan edi. Hozir u Virjiniya (AQŞ) qirğoqlarida.
Tramp yanvar oyida Erondagi norozilik namoyişlari kuç bilan bostirilgandan söng, Yaqin Şarqdagi AQŞ harbiy iştirokini kuçaytirdi, ammo tezda e’tiborni namoyişçilardan Eron yadroviy dasturiga qaratdi. Bunga javoban Eron hukumati AQŞ va uning Yaqin Şarqdagi ittifoqçilarining harbiy infratuzilmasiga zarba beriş bilan tahdid qildi.
7 fevral kuni AQŞ va Eron örtasida bilvosita muzokaralar bölib ötdi. Amerikaliklar Tehrondan yadro dasturi, raketa arsenali böyiça yon berişni va HAMAS va «Hizbulloh» kabi Yaqin Şarqdagi proksilarini qöllab-quvvatlaşni töxtatişni talab qildi.
Tomonlar muzokaralarni ijobiy baholadi, ammo ular örtasida kelişmovçiliklar saqlanib qoldi. Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi mamlakat tinç maqsadlarda uranni boyitişda davom etişini va «nolga boyitiş» siyosatini qabul qilmasligini aytdi. Eron vitse-prezidenti va Eron atom energiyasi taşkiloti rahbari Muhammad Islomiyning aytişiça, agar Vaşington Tehrondan sanksiyalarni olib taşlasa, Eron uranni boyitiş darajasini pasaytiradi.












