7 fevral holatiga köra, Germaniyaning Çet elliklar markaziy reyestrida (AZR) uruş sabab Ukrainadan Germaniyaga kelgan va vaqtinça himoya asosida yaşaş ruxsatnomasi berilgan 1 157 515 nafar inson röyxatdan ötgan. Bu haqda payşanba, 12 fevral kuni Germaniya Içki işlar vazirligi (IIV) DW'ga ma’lum qildi.

Ular orasida taxminan 484 000 nafar erkak (ularning 85 266 nafari 18–26 yoşda) va qariyb 672 000 nafar ayol bor. Umumiy sonning taxminan 305 400 nafari — voyaga yetmaganlar.

Ukraina fuqarolari Germaniyaga vizasiz kirişi va vizasiz GFR hududida 90 kungaça qolişi mumkin. “Davom etayotgan harbiy harakatlar va Rossiyaning davom etayotgan hujumlarini hisobga olgan holda, yaqin kelajakda YeI va Germaniyaga qoçqinlar oqimining sezilarli kamayişini kutmaslik kerak”, — deb ta’kidladi IIV.

2022 yildan 2026 yil 31 yanvargaça bölgan davrda Ukrainadan kelgan 471 439 nafar kişi GFRni tark etgan va AZR'da endilikda qayd etilmaydi.

Yevropa Ittifoqi hududida ukrain qoçqinlar uçun vaqtinça himoya maqomi 2027 yil martgaça amal qiladi. DW söroviga Germaniya IIV javobida federal yerlarga uzoq muddatli yaşaş ruxsatnomalarini berişga ötişni tezlaştiriş haqida iltimos yuborilgani aytilgan. Umuman olganda, YeI mamlakatlarida 4,3 mln nafardan ziyod ukrain qoçqin vaqtinça himoya topgan.