Bu o‘zgarishlarning bosh harakatlantiruvchi omili — urbanizatsiya va bu jarayon hali yakunlanishdan juda uzoq.

Yangi vizualizatsiya dunyoning 50 ta eng yirik shahri to‘rt vaqt nuqtasida — 1975, 2000, 2025 va 2050 yillarda — reytingda qanday ko‘tarilgani, stagnatsiya qilgani yoki o‘rin yo‘qotganini ko‘rsatadi. Tahlil BMTning World Urbanization Prospecs 2025 hisoboti ma’lumotlariga asoslangan.

1975 yilda dunyodagi eng yirik shaharlar Tokio va Osaka bo‘lib, ulardan keyin Nyu-York, Jakarta va Mexiko kelgan.

2000 yilga kelib Osiyoda aholi soni tez o‘sishi fonida Shanhay, Pekin va Nyu-Dehli kabi megapolislar reytingda jadal yuqoriladi. 2025 yilga kelib bu siljish yanada yaqqollashdi: dunyoning eng yirik shaharlarining katta qismi Janubiy va Sharqiy Osiyoda jamlandi. Urbanizatsiya davom etar ekan, bu tendensiya 2050 yilgacha ham saqlanib qolishi kutilmoqda.

2050 yil bo‘yicha prognozlarga ko‘ra, dunyodagi aholisi eng ko‘p shahar Dakka bo‘ladi, uning aholisi 52 million kishidan oshadi, undan keyin esa juda yaqin farq bilan Jakarta keladi. Osiyo shaharlari aholining eng katta jamlanish markazlari maqomini saqlab qolishi kutilmoqda: Shanhay, Nyu-Dehli va Karachi yetakchi beshtalikni to‘ldiradi. Umuman, Osiyoga dunyoning 50 ta eng yirik shahrining 24 tasi to‘g‘ri keladi.

Shu bilan birga, Afrika sayyoraning eng tez sur’atda urbanizatsiyalashayotgan hududi sifatida oldinga chiqmoqda: 50 ta eng yirik shahar ro‘yxatidan 13-o‘rin Afrika hissasiga to‘g‘ri keladi. Lagos, Kinshasa, Qohira va Dorussalom kabi shaharlar, prognozlarga ko‘ra, kelgusi o‘n yilliklarda yuqori tug‘ilish va tezlashgan urbanizatsiya fonida aholi sonining “portlovchi” o‘sishiga duch keladi.

Umuman olganda, megapolislar — aholisi 10 milliondan ortiq bo‘lgan shaharlar — soni 2050 yilga borib 37 taga yetishi kutilmoqda (2025 yilda 33 ta).

Rivojlanayotgan mamlakatlar shaharlari shiddat bilan o‘sar ekan, Yevropa, Yaponiya va Shimoliy Amerikaning ko‘plab an’anaviy yirik shaharlari, prognozlarga ko‘ra, ancha sekin o‘sadi yoki umuman “plato”ga chiqadi.

Masalan, Osaka aholisi prognoz bo‘yicha 2,5 million kishi (taxminan 20 foiz)ga kamayadi, Nyu-York aholisi esa taxminan 5 foizga qisqaradi. Boshqa yirik aglomeratsiyalar, jumladan Tokio, Parij va Seul, ham ehtimol, o‘sish chegarasiga yetadi.