Davlat rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga köra, “Sudyalar oliy kengaşi töğrisida”gi qonunga muvofiq, kengaş raisi odil sudlovga tösqinlik qilayotgan omillar va sud tizimida korrupsiyaga qarşi kuraş holati töğrisida prezidentga yil yakunlari böyiça axborot taqdim etadi.

Ma’lum qilinişiça, mamlakatda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça joriy yilda “favqulodda holat” e’lon qilingan şaroitda sudlar davlat hokimiyatining alohida böğini sifatida namuna bölişi lozim. Şu bois, sud tizimida şaffoflikni oşiriş va manfaatlar töqnaşuvini bartaraf etişga qaratilgan qator taşabbuslar muhokama qilindi.

Jumladan:
- sud apparati xodimlari örtasida korrupsiya xavflarini aniqlaş va bartaraf etiş uçun komplayens nazorat tizimini joriy etiş;
- sudya va ularning oila a’zolari mol-mulkini deklaratsiya qiliş tartibini yölga qöyiş;
- sud apparati xodimlarini işga qabul qilişning oçiq va şaffof tartibini yaratiş;
- sudyalarga nisbatan intizomiy jazo qöllaşning xolis mexanizmini şakllantiriş maqsadida Sudyalar intizomiy hay’atini taşkil etiş kabi takliflar ilgari surildi.

Şuningdek, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligini ta’minlaş, ularni öziga xos bölmagan vazifalardan ozod etiş maqsadida “sud ma’murçiligi” institutini joriy etiş böyiça ilğor xorijiy tajriba örganilişi ma’lum qilindi.
Yakunda prezident sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlaş, korrupsiyaga qarşi tizimli kuraşiş va odil sudlovni amalga oşirişga tösqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etiş böyiça işlarni izçil davom ettiriş yuzasidan tavsiyalar berdi.












