AQŞ prezidenti Donald Tramp payşanba, 12 fevral kuni “xavf haqida xulosa” (endangerment finding) deb ataladigan hujjat bekor qilinganini e’lon qildi. 2009 yilda qabul qilingan bu hujjat issiqxona gazlarini soğliq uçun xavf tuğdiradigan omil sifatida tan olgan edi. Bu qaror issiqxona gazlari çiqindilariga qöyilgan çeklovlarni, jumladan avtomobilsozlik sanoati uçun ham, olib taşlaş imkonini beradi.
Tramp bu qadamni AQŞ tarixidagi “eng buyuk deregulyatsiya çorasi” deb atadi. AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama davrida qabul qilingan iqlimni himoya qiliş qonunlarini esa Tramp “fojiali” deb baholadi. Uning sözlariga köra, uşbu çoralar “AQŞ avtomobilsozlik sanoatiga jiddiy zarar yetkazgan va amerikaliklar uçun narxlarni sezilarli oşirgan”.
Bekor qilingan hujjat asosida AQŞda kömir va gaz elektr stansiyalari uçun qat’iy ekologik standartlar joriy etilgan, şuningdek taşlama gazlar (avtomobil çiqargan gazlar) miqdorini çeklovçi qoidalar amal qilgan.
Atrof-muhitni muhofaza qiliş agentligi (EPA) rahbari Li Zeldin bildirişiça, standartlarni bekor qiliş amerikalik soliq tölovçilarga 1,3 trillion dollarni tejaş imkonini beradi. Zeldin bu hisob-kitoblar qanday qilinganini tuşuntirmagan.
AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama Donald Tramp qarorini tanqid qildi. Obamaning aytişiça, endangerment finding bölmasa, amerikaliklar “kamroq himoyalangan, kamroq soğlom va iqlim özgarişiga qarşi kuraşişga kamroq qodir böladi — bularning hammasi qazilma yoqilği sanoati yanada köproq pul işlaşi uçun”, dedi u.
Trampni Greenpeace ekologik taşkiloti ham keskin tanqid qildi va uni iqlim özgarişi haqida “doimiy yolğon”da aybladi. “Bu qadam yirik neft kompaniyalarini boyitadi, badalini boşqalarning hammasi tölaydi”, — dedi taşkilot vakili Tim Donagi.
Bundan oldin AQŞ prezidenti iqlim özgarişi haqidagi ogohlantirişlarni “dunyoda qilingan eng katta firibgarlik” deb atagan edi.












