Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ma’lumotlariga köra, yanvar oyida respublika böyiça uy-joy oldi-sotdi şartnomalari soni 28,6 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan bitimlar soni qariyb 12 foizga oşgan.

Köçmas mulk savdolarining qariyb uçdan bir qismi Toşkent şahri hissasiga töğri kelgan. Poytaxtda bitimlar hajmi 33,4 foizga köpayib, hududlar orasida eng yuqori körsatkiç qayd etilgan. Şuningdek, Samarqand (26 foiz) va Sirdaryo (24 foiz) viloyatlarida ham bitimlar soni sezilarli ösgan.

Yanvar oyida respublika miqyosida ikkilamçi uy-joy bozorida 1 kv metr uçun örtaça narx oylik hisobda 0,9 foizga oşgan. Yillik kesimda narxlar ösişi 8 foizni taşkil etgan.

Eng yuqori yillik ösiş Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida qayd etilib, bu hududlarda örtaça ösiş qariyb 24 foiz bölgan. Xorazm viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida esa narxlar 16 foizga oşgan.

Toşkent şahrida ikkilamçi uy-joylarda 1 kv metrning örtaça narxi taxminan 1120 dollar bölib, oylik hisobda 0,6 foizga oşgan. Yillik ösiş qariyb 2 foizni taşkil etgan. Ikkilamçi segmentda eng yuqori ösiş Yakkasaroy (5,7 foiz) va Mirobod (4,3 foiz) tumanlarida kuzatilgan.

Birlamçi bozorda esa narxlar ösişi nisbatan yuqori bölib, yangi qurilgan uy-joylarda 1 kv metrning örtaça narxi yillik hisobda 9 foizdan köproqqa oşgan. Eng yuqori ösiş Mirobod (18,4 foiz) va Mirzo Uluğbek (17,3 foiz) tumanlarida qayd etilgan.

Yanvarda Toşkentda ijaraning örtaça qiymati 1 kv metr uçun 8,8 dollar atrofida bölib, ötgan yilga nisbatan 9 foizga yuqori bölgan. Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Mirobod, Şayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Uluğbek tumanlarida saqlanib, bu hududlarda örtaça 11 dollar atrofida qayd etilgan.

Şu bilan birga, ijara ösiş sur’atlarining jadallaşuvi Olmazor, Yunusobod, Yaşnobod, Çilonzor va Mirzo Uluğbek tumanlarida köproq kuzatilib, uşbu hududlarda yillik örtaça ösiş qariyb 13 foizni taşkil etgan.