Keça tunda poytaxtda kuzatilgan kuçli yoğingarçilik oqibatida Toşkent şahrining ayrim pastqam joylari va köçalarida suv töplaniş holatlari yuzaga keldi.

Toşkent şahar hokimligi ma’lum qilişiça, vaziyatni tezkor bartaraf etiş maqsadida şahar obodonlaştiriş xizmatlari xodimlari hamda maxsus texnikalar töliq jalb etilgan.

Hozirda şaharda vaziyat barqaror ekani va töliq nazorat ostida ekani bildirildi.

Şuningdek, fuqarolardan şu kabi holatlar böyiça korhol vaziyat yuzaga kelsa, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qiliş söraldi.