Rossiya muxolifati yetakçisi va Vladimir Putinning asosiy muxolifi Aleksey Navalniy ikki yil oldin qamoqxonada vafot etgandi. U 2022 yilda «Noviçok» bilan zaharlanganidan keyin Germaniyada davolanib qaytganida qölga olingandi. Rossiya rasmiylari öşa zaharlanişga aloqadorligini rad etgan, şuningdek, Navalniy qamoqxonada tabiiy sabablarga köra vafot etganini ma’lum qilgan.

Sönggi xabarlarga köra, qamoqxonadagi ölimdan keyin uning oilasi xorijga olib çiqişga muvaffaq bölgan biomateriallarda epibatidin moddasi topilgan.

The Insider naşri yozişiça, biomateriallarni örgangan bir neça laboratoriya ekspertlari bir-biridan mustaqil ravişda şunday xulosaga kelişgan. Ular bir vaqtning özida beşta mamlakatda – Buyuk Britaniya, Şvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiyada örganildi.

Epibatidin – Janubiy Amerikadagi zaharli qurbaqalar (Epipedobates tricolor) terisidan ajralib çiquvçi toksin bölib, u Rossiyada oçiq tabiatda uçramaydi.

U 1974 yilda kaşf etilgan neyrotoksin, lekin tuzilişi faqat 1992 yilga kelib töliq örganilgan. Modda oğriq qoldiruvçi ta’sirga ega bölgani tufayli (şu bilan birga, örgatib qöyiş xususiyati bölmagan) olimlar uzoq vaqt davomida epibatidin asosida oğriq qoldiruvçi vosita işlab çiqarişga harakat qilişadi, ammo moddaning xavfsiz dozasini aniqlaşning imkoni bölmaydi.

Siçqonlarda ötkazilgan tajribaga köra, epibatidin yuqori qon bosimi, nafas oliş tizimidagi falajlik, tutqanoq hamda komani keltirib çiqaradi va oxir-oqibat ölimga olib keladi.

Siyosatçining bevasi Yuliya Navalnaya Yevropa davlatlariga haqiqatni oçib bergani uçun minnatdorçilik bildirdi.

«Birinçi kundanoq erim zaharlanganiga işonçim komil edi, ammo endi buning isboti bor: Putin Alekseyni kimyoviy qurol bilan öldirgan. Men Yevropa davlatlaridan ikki yil davomida olib borilgan maşaqqatli mehnat va haqiqatni oçib berganlari uçun minnatdorman. Vladimir Putin – qotil. U barça jinoyatlari uçun jazosini olişi kerak», – deb yozdi Yuliya Navalnaya 14 fevral kuni X ijtimoiy tarmoğida ekspertlarning xulosalariga izoh berarkan.

Navalniy tomonidan asos solingan Korrupsiyaga qarşi kuraş fondi rahbari Mariya Pevçix «zahar heç qanday tasodifiy yöl bilan Qutb doirasi ortidagi qişloqda joylaşgan koloniyadagi hibsxona kamerasiga borib qolişi mumkin emasligi»ni ta’kidladi. «Zahar u yerga Vladimir Putinning buyruği bilan borgan», – dedi u.

Buyuk Britaniya, Şvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya Aleksey Navalniyning epibatidin bilan zaharlangani haqida qöşma bayonot e’lon qildi – va Moskvani Kimyoviy qurol töğrisidagi konvensiyani buzişda aybladi. «Navalniy qamoqxonada vafot etdi. Bu Rossiyada unga bu zaharni yuboriş uçun vosita, motivlar va imkoniyat borligini anglatadi», – deyiladi bayonotda.