Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Myunxen xavfsizlik konferensiyasida iştirok etdi.

“62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasida iştirok etdik. Dunyoning turli mintaqalari vakillari xavfsizlik siyosatidagi asosiy masalalarni muhokama qiliş uçun bu yerga yiğilişdi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo bir mintaqadagi davlatlar umumiy farovonlik yölida öz masalalarini tinç yöl bilan hal eta olişi, yangi yuzaga kelayotgan tahdidlarga qarşi birlaşib, yanada kuçli bölişi mumkinligining yorqin namunasiga aylandi.

Konferensiya davomida ikki tomonlama, mintaqaviy va global miqyosdagi köplab dolzarb masalalar yuzasidan fikr almaşiş imkoniga ega böldik. Gruziya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, AQŞ, Yevropa Ittifoqi davlatlari va boşqa mamlakatlardan kelgan hamkasblarimiz bilan uçraşişdan mamnun böldik. Erişilgan yutuqlarni körib çiqdik hamda yangi istiqbolli maqsadlarni belgilab oldik”, – deb yozdi u özining telegram-kanalida.