Volodimir Zelenskiy 14 fevral kuni xavfsizlik böyiça Myunxen konferensiyasining ikkinçi kunida çiqiş qildi.
U yana bir bor Rossiya hukumati uruşni yakunlamoqçi emasligini qayd etib, kelgusida uruş kengayişi va Yevropa mamlakatlari töğridan töğri tahdid ostida qolişi mumkinligidan ogohlantirgan.
«U öz hayotida hokimiyatsiz yoki hokimiyatdan keyingi davr bölişini tasavvur qila olmaydi. Normal narsalar uni qiziqtirmaydi. U hozirda tirik bölgan odamlardan köra, şoh Pyotr va imperatritsa Yekaterina bilan hududiy istilolar böyiça köproq maslahatlaşadi. U hozir bor e’tiborini Ukrainaga qaratgan, ammo Yevropaning boşqa davlatlarini ham e’tibordan çetda qoldirmaydi, çunki u uruş ğoyasidan voz keçolmaydi. Siz Putinni uruşsiz tasavvur qila olasizmi?» – degan Zelenskiy.
U Putinni töxtatiş uçun Ukrainaga ham, Yevropaga ham real kafolatlar zarurligi, bu kafolatlar yana qança vaqt uruş bölmasligini belgilaşini aytib ötgan.
«U özini şoh deb hisoblaşi mumkin, lekin aslida u uruşning quli. Agar u yana 10 yil yaşaydigan bölsa, uruş yana qaytadi va u yanada keng kölamli böladi. Şuning uçun Ukraina va Yevropaga kuçli xavfsizlik kafolatlari kerak. Bu kafolatlar tinçlik kelişuvlaridan oldin paydo bölişi kerak», – deya davom etdi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Vengriya boş vaziri, Rossiyaning Yevropaga tahdidiga skeptik yondaşuvçi Viktor Orbanni tanqid qilgan: «Orban öz qornini kattalaştiriş haqida öylaşni bas qilişi lozim. U armiyani kattalaştiriş haqida öylaşi kerak».
Zelenskiy Rossiyadan farqli ölaroq, Ukraina tinçlik muzokaralari natijaga olib kelişi uçun barça imkoniyatlarni işga solayotganiga işontirgan. U muzokaralarga AQŞdan taşqari Yevropani ham jalb qiliş kerakligini qayd etgan. Ukraina prezidenti Rossiyaning tinçlikka intilayotganiga işonmaydi: aks holda, Jyenevada bölib ötadigan muzokaralarda delegatsiyaga «tarixçi» Vladimir Medinskiy boşçilik qilmagan bölardi.
«Putin Myunxenni takrorlaşni xohlaydi. Faqat uning özi Yevropani bölib oliş haqida gapirgan 2007 yilgi Myunxenni emas, balki oldingi Putin Yevropani bölib olişni boşlagan 1938 yilgi Myunxenni», – deydi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti öz çiqişi davomida Rossiya zarbalari kölami va ularning oqibatlari haqida gapirdi hamda nutqning bu qismini infografika bilan töldirdi. «Vayron bölgan köçalar, vayron bölgan uylar, yer ostida qurilgan maktablar – bu Ukrainadagi kundalik hayot», – dedi u.













