Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Myunxen konferensiyasi doirasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

Suhbat çoğida Zelenskiy özining 48 yoşida Rossiyaning 73 yoşli prezidenti Vladimir Putindan ança yoş ekanini ta’kidladi. «Uning vaqti unçalik köp emas», deya qöşimça qilgan Zelenskiy.

Suhbat çoğida Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampni Rossiya-Ukraina uruşini imkon qadar tezroq hal qiliş uçun Putinga bosim ötkazişga çaqirdi. U uruş tugaşi uçun Tramp işonçli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişi, Ukrainani uruşdan keyingi tiklaş böyiça kelişuv tuzişi va Rossiyaga töğridan töğri bosim ötkazişi kerakligini ta’kidladi.

«Putinga qönğiroq qiling va ayting: „Menga qarang, siz şu yerda töxtaşingiz kerak“. Mojaroni hoziroq muzlatib qöyişimiz kerak. Şunda biz yetakçilar darajasida uç tomonlama formatda uçraşamiz. Va bu uruşni qanday tugatişni hal qilamiz. Ammo biz buni faqat diplomatik yöl bilan amalga oşiramiz», – dedi Zelenskiy.

Uning sözlariga köra, AQŞ Ukrainani uruşga çek qöyiş uçun ba’zi masalalarda murosaga kelişga çaqirmoqda. «Biz köplab masalalarda yon berişga rozi böldik. Putin va uning döstlari qamoqda emas. Bu dunyo körgan eng katta murosadir», – dedi Ukraina prezidenti.