Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 15 fevral, yakşanba. Hafta davomida dunyoda qiziq işlar böldi. Amerika Yevropa bilan ittifoqçi bölmoqçi emasligini bildirdi, lekin Kavkaz davlatlari bilan muhim kelişuvlar imzoladi. KXDR lideri Kim öziga siyosiy merosxör tanladi, Adam Qodirov otasining ta’biri bilan aytganda «tirilib keldi». Quyida haftaning ba’zi muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.

AQŞ kuçli ittifoqçi istamoqda

Haftaning eng muhim tadbiri Germaniyada ötkazildi. An’anaviy Myunxen xavfsizlik konferensiyasi bu yil ham asosan Ukrainadagi uruşga bağişlandi. Unda qatnaşgan AQŞ davlat kotibi Marko Rubio amalda heç qanday yangilik aytmadi, Amerika boş diplomati Vaşington Yevropa bilan ittifoqçi bölişni istamayotganini aytdi. Albatta, bu gapni oldingi anjumanda qatnaşgan vitse-prezident Vens kabi qöpol tarzda emas, biroz yumşoqroq ohangda aytdi, lekin mazmun öşa.

Rubioning aytişiça, Amerika kuçsiz ittifoqçiga ega bölişni istamas ekan, ularga özini himoya qila oladigan ittifoqçi kerak ekan. Kotib yevropaliklarni iqlim muammosi sabab yaşil energetikaga ötişga urinayotgani va migratsiya siyosati uçun ham tanqid qildi: «Biz iqlimni bahona qilib energetika siyosatida özimizni çeklayotganda, raqobatçilarimiz kömir va gazni nafaqat öz iqtisodiyoti uçun, balki bizga bosim ötkaziş uçun işlatmoqda. Biz boşqarib bölmas migratsiya tölqini uçun eşigimizni lang oçib qöydik».

Davlat kotibi öz nutqini yuqori notada yakunladi va amerikaliklarni «Yevropa bolalari» deb atadi: «Sarlavhalarda transatlantika davri ötgani aytilmoqda, lekin işoning, bu bizning maqsadimiz emas. Biz amerikaliklar uçun Ğarbiy yarimşar uyimiz bölsa ham, doim Yevropaning bolalari bölib qolamiz».

Yakun çiroyli böldi, lekin yevropaliklar bu çiroyli gaplarga işondi deya olmayman. Masalan, Rubiodan keyin sahnaga çiqqan Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayyen xonim Vaşingtonning ohangi özgarganiga qaramay, Yevropa va AQŞ munosabatlari tarangligiça qolayotgani, örtada unutiş imkonsiz bölgan işlar bölib ketganini aytdi.

Kelib çiqişi kubalik bölgan davlat kotibi «amerikaliklar Yevropa bolalari» ekani haqidagi gapini kelib çiqişi nemislardan bölgan xöjayini mister Trampdan sörab gapirdimi-yöqmi, bilmadim. Prezident Tramp Yevropa manziliga aytgan gaplarini unutiş çindan imkonsiz. Axir Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatga yerini bosib oliş bilan hatto Rossiya tahdid qilmagan.

Adam Qodirov «tirildi»