Germaniyadagi xavfsizlik konferensiyasi odatdagidan keskinroq ruhda ötyapti. Agar ötgan yildagi bayonotlar AQŞ va Yevropa örtasidagi işonç masalasi bahs markazida bölgan bölsa, bu safar Yevropaning öz xavfsizligini mustaqil ta’minlaş masalasi oçiq kötarildi. Ukraina uruşi, NATO istiqboli va transatlantik munosabatlar böyiça yangragan nutqlar konferensiyaga keskin siyosiy tus berdi. “Geosiyosatkunuz” sahifasida siyosatşunoslar mazkur sessiyalarda yangragan bayonotlarni muhokama qildi.
62-Myunxen xavfsizlik konferensiyasi qanday nutqlar bilan yodda qolyapti?
Şuhrat Rasul: Ötgan yilgi sessiyada xavfsizlik masalasidagi asosiy çiqiş Amerika vitse-prezidenti Vens tomonidan yangragan edi. U Donald Tramp nomidan Atlantizm konsepsiyasini şubha ostiga olib, Yevropa Ittifoqi rahbariyatini keskin tanqid qilgan. Tanqidning mohiyati şundan iborat ediki, AQŞ Yevropani xavfsizlik borasida haddan taşqari qaramlikda aybladi, içki siyosat, xususan, migratsiya masalasida ham e’tirozlar bildirgan edi. Obrazli aytganda, bu “ajraşiş” haqidagi ogohlantirişga öxşardi. Öşa paytda Yevropa tomoni bunday pozitsiyani “xiyonat” sifatida qabul qilib, transatlantik hamkorlikni saqlab qolişga uringan edi. Asosiy maqsad AQŞni Yevropa xavfsizlik tizimidan uzoqlaştirmaslik bölgan.
Bu safargi konferensiyada esa kayfiyat özgargandek. Britaniya boş vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Mers çiqişlarida Yevropa öz xavfsizligini mustaqil ta’minlaşga qodir bölişi kerakligi ta’kidlandi. Mers iqtisodiy salohiyatni tilga olib, Yevropa Rossiyadan bir neça barobar qudratli ekanini, xavfsizlik masalasida ham mustaqil böliş zarurligini aytdi. Yalpi içki mahsulotning 5 foizini mudofaa sohasiga yönaltiriş haqidagi qaror ham şundan dalolat beradi.
Umuman, Yevropa yetakçilari psixologik jihatdan köproq strategik avtonomiyaga tayyordek körinmoqda. Biroq bu safar AQŞ nomidan qatnaşgan davlat kotibi Marko Rubio ohangni yumşatdi. Agar Vensning çiqişi keskin va ajraliş kayfiyatida bölgan bölsa, Rubio transatlantik ittifoqqa sodiqlikni tasdiqladi. Uning pozitsiyasi şuki, AQŞ ajralişni istamaydi, biroq Yevropa xavfsizlik yukining katta qismini öz zimmasiga olişi kerak.
Vens va Rubio örtasida uslubiy hamda mafkuraviy farq bor. Vens köproq keskin va tizimga tanqidiy yondaşuv bilan ajralib tursa, Rubio uzoq yillik siyosiy tajribaga ega, Respublikaçilar partiyasining yetakçi arboblaridan biri sifatida muvozanatliroq pozitsiyani namoyiş etdi. AQŞ Yevropani öz orbitasida saqlab qolişni istaydi, biroq moliyaviy va harbiy yukni tengroq taqsimlaş tarafdori.
















