18–20 fevral kunlari respublika hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda Özgidromet.

Duşanba va seşanba kunlari Özbekiston böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğadi, faqat şimoli-ğarbiy hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan kunduzi +15…+20 daraja böladi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tuşişi mumkin.

Çorşanba-juma kunlari kunduzi havo +20…+25 darajagaça isiydi. Keçalari harorat +7…+12 daraja atrofida böladi.

Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 23–23 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Toğoldi va toğli hududlar 16–18 fevral kunlari vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik böladi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin. Toğlarda qor köçişi xavfi bor.

Toşkent şahrida 16 fevral kuni kunduzi vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +17…+19 daraja böladi. 17 fevralda keçasi va ertalab yomğir yoğadi, tuman tuşişi mumkin. Kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +15…+17 daraja böladi.

18–20 fevralda yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat asosan keçalari +9…+12, kunduz kunlari +22…+25 daraja böladi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi.