“Rossiya har 1 kilometr yerga 156 askarning jonini tikmoqda” – Zelenskiy Myunxenda nimalar dedi?
|17:27 / 16.02.202610 10713 min
Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida eng qiziq sessiyalardan biri Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan ötdi. U ötgan yanvar oyida Ukraina körgan zarar va Rossiya har bir kilometr Ukraina yeri uçun tikayotgan resurs haqida ma’lumotlarni taqdim etdi. Putin podşoh emas, uruşning quli, u tirik ekan ongida uruş aylanaveradi, dedi Zelenskiy. Uning qöşimça qilişiça, Yevropa Ukraina himoyasida mahkam, qurol işlab çiqarişdagi qöllovdan taşqari 90 mlrd yevrolik yordam kafolati ham berilgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy sessiyasida Yevropa va AQŞning nomdor siyosatçilari ham qatnaşdi. Tinglovçilari qatorida NATOning sobiq va hozirgi boş kotiblari, Moldova prezidenti, AQŞ kongressi a’zolari, AQŞ sobiq davlat kotibi va birinçi xonimi – Hillari Klinton va boşqalar zaldan örin olgandi. Dastavval Zelenskiyning sahnaga çiqişini barça davomli qarsaklar bilan qarşi oldi. Volodimir Zelenskiy taxminan yarim soatlik nutqini taqdim etdi, undan söngra sessiya muhokama bilan davom etdi.
“Bir oyda 6 mingta dronni urib tuşirişga majburmiz”
Zelenskiy nutqini Ukrainaning hamkorlari hamda Kiyevga yordam qölini çözganlarga rahmat aytişdan boşladi. Prezident birgina ötgan yanvar oyida Ukraina körgan zarar va Rossiya hujumining kölamiga töxtaldi.
“Oxirgi zarba sodir bölganida, köpçiligingiz allaqaçon Myunxenda edingiz. Yanvar oyining özida 150 ta har xil turdagi rus raketalari va 50 dan ortiq planerli bombalar. Va har oy şunday böladi. Buni öz şahringizda tasavvur qiling: vayron bölgan köçalar, xarobaga aylangan uylar, yer ostida qurilgan maktablar. Va bu, albatta, Rossiya tufayli, 4 uzoq yil davomida Ukrainadagi kundalik hayot. Rossiya köplab ballistik raketalardan foydalanadi va qöşma hujumlarni amalga oşiradi. Zarbalarning aksariyati elektr stansiyalarimizga va boşqa muhim infratuzilmalarga qaratilgan va Ukrainada Rossiya hujumlaridan zarar körmagan birorta ham elektr stansiyasi qolmagan, birorta ham. Ammo biz hali ham elektr energiyasi işlab çiqaramiz. Xalqimiz tufayli buni qilolyapmiz.Rossiya hujumlari Ukrainada deyarli har keça sodir böladi va haftasiga kamida bir marta ommaviy zarbalar beriladi. Şunga qaramay, Ukraina keng kölamli uruşning 1451 kuniga bardoş berdi, bu hamma başorat qilganidan uzoqroqdir. Va men sizdan Ukrainaga qilingan bu hujumlarning haqiqiy kölamini tuşunişingizni istayman. Biz birgina ötgan yanvar oyining özida 6000 hujumçi dronlardan himoyalanişga majbur böldik, bularning hammasi esa «Şahed» dronlari edi”, dedi Volodimir Zelenskiy.
Mavzuga oid
Ukraina prezidentining qöşimça qilişiça, uruş davrida u eşitgan eng yomon hisobot havodan mudofaa tizimida heç qanday qurol qolmagani haqida edi.
“Rostini aytsam, uruş davrida yetakçi eşitişi mumkin bölgan eng yomon narsalardan biri bu havo kuçlari qömondonining havo mudofaasi bölinmalari böşab qolgani haqidagi hisobotidir. Ular havo raketalarini Rossiya zarbalarini töxtatiş uçun işlatişadi. Razvedka ma’lumotlariga köra, bir yoki ikki kun içida yangi ommaviy hujum bölişi mumkin. Ba’zan biz himoya uçun yangi raketalarni hujumdan sal oldin yetkazib berişga muvaffaq bölamiz, ba’zan esa eng sönggi, oxirgi daqiqalarda. Men Germaniya, Norvegiya, Niderlandiyaga Yevropada bizga havo mudofaasi tizimlarini berişdagi kuçli yetakçiliklari uçun alohida minnatdorçilik bildirmoqçiman. Bu tizimlar hayotimizni saqlab qolmoqda”, dedi Zelenskiy.
“Erondagi rejim sabab ukrainaliklar qurbon bölmoqda”
Myunxendagi konferensiyada AQŞning hozirgi siyosati va Erondagi mavjud rejim eng köp tanqid qilinayotgan ikki mavzu bölmoqda. Ukraina prezidenti ham öz çiqişida oyatulloh rejimini yomonlab, aynan Eron berayotgan «Şahed» dronlari sabab minglab ukrainaliklar qurbon bölayotganini gapirdi. Uning qöşimça qilişiça, yildan yilga bu dronlar mukammallaşib bormoqda.
“Bu uruş davomida qurollar ularni töxtatişga qaratilgan siyosiy qarorlardan tezroq rivojlandi. Eron rejimi Rossiyaga «Şahed» dronlarini berganida, ular oddiy qurol edi. Ularni osongina urib tuşiriş mumkin edi. Endi esa «Şahed» boşqaça. Uning reaktiv dvigateli bor, u turli balandliklarda uça oladi. Aytgança, uni real vaqt rejimida Riodagi operator tomonidan ham boşqariş mumkin va u öz nişoniga yetişi uçun Starlinkdan foydalana oladi. Ayni paytda Myunxen va boşqa şaharlar köçalarida odamlar Eronda erkinlikni qöllab-quvvatlaşga çaqirmoqda. Biz buni kördik. Ukraina Eron bilan çegaradoş emas va biz Eron rejimi bilan heç qaçon manfaatlar töqnaşuviga duç kelmaganmiz, ammo ular Rossiyaga sotgan Eronning «Şahed» dronlari ayniqsa bizning odamlarimizni, ukrainaliklarni öldirmoqda va infratuzilmamizni vayron qilmoqda. Eron rejimi allaqaçon köp zarar yetkazgan va boşqa köplab rejimlarga qaraganda köproq zarar yetkazişi mumkin”, dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiy öz sözi davomida Eron xalqi ham ukrainaliklar singari dunyodan madad kutayotganini qöşimça qildi.
“Bugun Eron xalqi dunyodan, biz Ukrainada Rossiya bosqini boşlangan 24 fevral kuni muhtoj bölgan narsani – birlik, qat’iyat va tezlikni kutmoqda. Albatta, tezlik, yordamdagi tezlik. Erondagi kabi rejimlarga vaqt berilmasligi kerak, ularda vaqt bölsa, ular faqat köproq odam öldiradi. Ular darhol töxtatilişi kerak”, dedi u.
“Yevropadan 90 mlrd yevrolik yordam va’dasi bor”
Zelenskiyga köra, Yevropa Ukraina himoyasida mahkam. Ayni dam qurollar işlab çiqarişdagi yordamdan taşqari 90 mlrd yevrolik va’da ham bor.
“Ukrainada va hamkor mamlakatlarda yuzlab işlab çiqariş maydonçalari allaqaçon işlamoqda. Va bizda Daniya modeli bor, rahmat, Mette, sizning jamoangiz, sizning odamlaringiz Ukrainada qurol işlab çiqarişga sarmoya kiritmoqda. Bizda Germaniyada qöşma işlab çiqariş mavjud va u keça rasman boşlandi, barçaga va Fridrixga rahmat. Va bizda qöşma artilleriya taşabbusi mavjud. Biz Şimoliy Yevropa mamlakatlari, Buyuk Britaniya va Fransiya, Niderlandiya, Italiya va Polşa hamda Qöşma Ştatlar, Kanada va Turkiya bilan birgalikda köp işlar qilmoqdamiz. Yaponiyada Boş vazir, hukumat tufayli muhim özgarişlar bor va biz Yaponiya irodalilar koalitsiyasida biz bilan birga ekanligini qadrlaymiz. Yevropadan, jumladan biz uçun ikki yilga 90 milliard yevrolik kuçli qarorlar mavjud”, dedi Volodimir Zelenskiy.
“Putinning puli bor, puli bölmaganida uruş töxtardi”
Zelenskiy Myunxendagi çiqişida Putin hali-hanuz moliyaviy barqaror ekanidan nolidi. Uning fikriça, Rossiya prezidenti aynan Yevropaning özida moliyaviy barqarorlik kafolatlariga ega.
“Keling, muammoga köz yummaylik. Rossiyaning hali ham Şimoliy Koreya kabi rejimlari va butun dunyo böylab sanksiyalarni çetlab ötib, Rossiya qurollari, rus raketalari uçun komponentlar yetkazib beradigan şeriklari bor. Bundan taşqari, Putin hali ham moliyaviy barqarorlik kafolatlariga ega. Bu kafolatlarning katta qismi şu yerda, Yevropada, Yevropa dengizlarida joylaşgan. Aytmoqçimanki, Rossiya neft tankerlari hali ham Yevropa qirğoqlari böylab Boltiq dengizida, Şimoliy dengizda va Örta yer dengizida erkin harakatlanmoqda. Rossiya hali ham 1000 dan ortiq tankerdan foydalanadi, ularning har biri, aslida, Kreml uçun suzuvçi öqlardir. Men yaqinda buni prezident Makron, prezident
fon der Lyayyen va boşqa yetakçilar bilan gaplaşdim. Ularga buni tuzatişga tayyorliklari uçun minnatdorçilik bildiraman. Biz Yevropa qonunçiligini yangilaş haqida gaplaşdik, toki rus tankerlari nafaqat uşlab turilişi, balki bloklanişi ham mumkin bölsin. Bu barça tankerlarni bloklaş muhim va ularning barçasi musodara qilinişi kerak. Qöşma Ştatlar öz qirğoqlari yaqinidagi soyadagi röyxatdagi tankerlarga qarşi harakat qiladi va bu haqiqatan ham işlaydi. Bu pullarsiz Putinning bu uruş uçun puli bölmas edi. Keling, buni amalga oşiraylik”, dedi Zelenskiy.
“Rossiya har 1 kilometr yerga 156 askarning jonini tikmoqda”
Zelenskiyning uruşdagi talafotlar haqida bergan statistik ma’lumotlari sessiyada köpçilikning e’tiborini tortdi. Xususan, Ukraina prezidentiga köra, Putinning rejimi har bir kilometr ukrain yeri uçun kamida 156 askarning jonini tikmoqda. Kiyev aniqlagan ma’lumotlarga köra, oyida kamida 35 ming rus askarlari halok böladi va bunga Kreml pinagini ham buzmaydi. Agarda şu raqamni 50 mingga çiqarsak, Putin öylanib qoladi, deydi prezident Zelenskiy.
“Endi men quruqlikdagi uruşning narxi haqida gapirmoqçiman. Putin uçun bir oylik uruş nimani anglatadi? Faqat dekabr oyida bizning kuçlarimiz 35 000 bosqinçi askarni - öldirgan va oğir yaralagan. Yanvar oyida bir neçta rus hujumlari böldi va natijada Rossiyaning yöqotişlari taxminan 30 000 ni taşkil etdi. Hatto Donetsk frontida bosib olingan Ukraina yerining har bir kilometri uçun Rossiya tölaydigan aniq narx ham bor. Bu eng keskin hududlardan biri va bu haqda hamma biladi. Hozir Rossiya 1 kilometr uçun tölaydigan narx 156 askarning jonini taşkil etadi. Putin hozir bu haqida qayğurmaydi, lekin u qayğura boşlaydigan daraja bor, aminman. Har oy Rossiya taxminan 40 000 kişini, ba’zan biroz köproq 42-43 ming kişini safarbar qiladi. Ularning hammasi ham front çiziğiga yetib bormaydi, şuning uçun umuman olganda, Ukrainadagi rus kontingentining hajmi bu yil ösmayapti. Armiyamiz uçun vazifa aniq: köproq rus bosqinçilarini yöq qiliş, çunki ular bosqinçilar. Va maqsad aniq: oyiga kamida 50 ming. Bu Putinning qarorlariga ta’sir qiladi”, deydi Ukraina rahbari.
“Putin podşoh emas, uruşning quli”
Xavfsizlik konferensiyasida Zelenskiy Putin haqida öta qattiq gaplar gapirdi. Ukraina rahbari rus hamkasbini podşoh emas, balki uruşning quli, deb atadi. Prezidentga köra, Putin hozir maslahatni zamonaviy odamlar bilan emas, tarixdagi Pyotr va Yekaterina bilan qiladi.
“Ukraina bu uruşni tanlamadi, ukrainaliklar terminatorlar emas, oddiy odamlardir. Bizning odamlarimiz ham halok bölmoqda. Şuning uçun biz bu uruşni töxtatiş va xavfsizlikni kafolatlaş uçun hamma narsani qilyapmiz. Lekin muammo şundaki, Putin endi boşqa heç narsa bilan qiziqmaydi. Putin oddiy odamlardek yaşamaydi. U köçalarda yurmaydi, uni kafeda körmaysiz, uning nabiralari öz şahrida oddiy bolalar boğçasiga bormaydi. U hokimiyatsiz yoki hokimiyatdan keyingi hayotni tasavvur qila olmaydi. Oddiy narsalar uni qiziqtirmaydi. Putin hududiy yutuqlar borasida hozirgi zamon odamlaridan köra köproq podşoh Pyotr va imperator Yekaterina bilan maslahatlaşadi. Putinni uruşsiz tasavvur qila olasizmi, oçiq ayting? Hozir uning butun diqqat-eʼtibori Ukrainada va Ukrainada, heç kim uning xalqimizni qöyib yuborişiga işonmaydi, lekin u boşqa Yevropa xalqlarini ham qöyib yubormaydi, çunki u uruş ğoyasidan voz keça olmaydigan inson”, dedi Ukraina rahbari.
Zelenskiyning qöşimça qilişiça, Putin özini podşoh deb bilişi mumkin, lekin aslida u uruşning quli. Va agar u yana 10 yil yaşasa, bu uruş bölişi va qaytişi yoki kengayişi mumkin degani. Prezident nutqi oxirida uruşning oldini ololmagani uçun öşa paytdagi dunyo rahbarlari va xususan AQŞdan nolidi. Rossiyaning hujumi real bölib turgan paytda generallarini Vaşingtonga jönatganini, biroq amerikaliklar Kiyevga “xandaq qazişni” maslahat berganini eslatdi. Öşanda minglab rus askarlari çegaramizda edi va biz AQŞdan xandaq qaziş taklifini olgandik, dedi u.