Prezident qaroriga köra, 2026 yilda Navoiy viloyatida tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholining daromadini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş hamda loyihaviy yondaşuv asosida ixtisoslaşuvni çuqurlaştiriş böyiça çora-tadbirlar belgilandi.
Hujjatga muvofiq, “Yangi Özbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi berilgan 8 ta qişloq tumanidan tanlab olingan 16 ta mahallada şahar muhiti hamda qulay yaşaş şaroitlari yaratiladi.
Şuningdek, oğir toifadagi Konimex va Navbahor tumanlari, şuningdek kambağallik darajasi yuqori bölgan 12 ta oğir toifadagi mahallada aholi yaşaşi va tadbirkorlik faoliyati uçun qulay muhit yaratişga qaratilgan kompleks infratuzilmaviy hamda ijtimoiy-iqtisodiy çora-tadbirlar amalga oşirilişi közda tutilgan.
Viloyatdagi 40 ta mahallani ixtisoslaştiriş maqsadida uşbu mahallalarga 60 ta tik quduq qaziş, transformator örnatiş, elektr tarmoqlari tortiş hamda suğoriş tarmoqlarini betonlaş işlari rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, 2026–2027 yillarda Navoiy viloyatida tuyaçilik va yilqiçilik tarmoğini rivojlantiriş maqsadida xorijiy davlatlardan sut va göşt yönalişidagi zotli tuya va otlar olib kelinişi nazarda tutilgan.
Qarorda grant mablağlarini jalb etgan holda aholi va çorvaçilik xöjaliklaridagi mavjud mayda şoxli mollarni 2026–2027 yillar davomida töliq identifikatsiya qiliş vazifasi ham belgilangan.












