Davlat xavfsizlik xizmatining Toşkent şahar böyiça boşqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda poytaxtda faoliyat yurituvçi, tibbiy reagentlar savdosi bilan şuğullanuvçi MÇJ rahbari yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlarni sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Ma’lum qilinişiça, u laboratoriya tekşiruvi uçun möljallangan, yaroqlilik muddati ötgan qiymati 32 mln sömlik 20 dona reagentni 16 mln sömga sotgan paytda qölga olingan.
Şuningdek, Toşkent şahri va viloyatida joylaşgan unga tegişli 2 ta omborxona “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizlik markazi” davlat muassasasi xodimlari jalb etilgan holda közdan keçirilganda, umumiy qiymati 2 mlrd sömga yaqin bölgan 216 turdagi 1414 quti yaroqlilik muddati ötgan mahsulotlar mavjudligi aniqlangan.
Bundan taşqari, xorijdan olib kelingan va tegişli tartibda röyxatdan ötkazilmagan 28 turdagi 322 quti mahsulot (kontrafakt) ham topilgani qayd etildi.
Sifatsiz reagentlarning işlatilişi kelgusida bemorlarga notöğri taşxis qöyilişi va muolaja jarayonida salbiy oqibatlarni keltirib çiqarişi mumkin.
Hozirda tibbiy vositalar böyiça tegişli tartibda ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.

















