Toşkent şahrida qiş mavsumi yakunlanişi hamda kuçli yomğirlar tufayli köça-yöl tarmoğining ayrim qismlarida qoplamalar holati yomonlaşgani va çuqurlar paydo bölgani kuzatilmoqda. Qayd etilişiça, yöl qoplamasi qişki eskiriş, muzlaşga qarşi reagentlar qöllanişi, uzoq muddatli yoğingarçilik va yuqori namlik sabab kuçli yuklanişga duç kelmoqda. Natijada suv mikroyoriqlarga kirib, qoplamaning ustki qatlami va asosini zaiflaştirib, nuqsonlarni tezroq namoyon qilmoqda.
Ma’lum qilinişiça, bunday kamçiliklar köp hollarda qoplamaning xizmat muddati tugaş arafasida bölgan va sezilarli jismoniy eskiriş töplangan uçastkalarda qayd etiladi.
Köça-yöl tarmoği tekşiruvdan ötkazilib, tiklanişi lozim bölgan hududlar röyxati tuzilgan. Ta’mir talab etiladigan umumiy maydon 816 023 m² ni taşkil etadi. Şu jumladan, tumanlar böyiça — 609 673 m², şahar markaziy köçalari böyiça esa 206 350 m².
Tumanlar böyiça taqsimot quyidagiça:
— Bektemir tumani — 53 160 m²
— Mirzo Uluğbek tumani — 50 471 m²
— Mirobod tumani — 52 287 m²
— Olmazor tumani — 48 087 m²
— Sergeli tumani — 50 529 m²
— Uçtepa tumani — 50 000 m²
— Çilonzor tumani — 54 000 m²
— Şayxontohur tumani — 51 182 m²
— Yunusobod tumani — 47 546 m²
— Yakkasaroy tumani — 51 000 m²
— Yangihayot tumani — 51 000 m²
— Yaşnobod tumani — 50 411 m²
Joriy ob-havo şaroitlarini inobatga olgan holda, davomli yomğirlar paytida qoplamani töliq texnologik tiklaş barqaror natija bermasligi ta’kidlangan. Şu sabab asosiy işlar hajmi ob-havo barqarorlaşgandan va zamin namligi pasaygandan söng amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Faol bosqiç boşlanişining taxminiy muddati — mart oyining birinçi ön kunligi.
Şuningdek, 2026 yilda yöl qoplamasini bosqiçma-bosqiç tiklaş işlari bilan birga köça-yöl tarmoği va transport infratuzilmasi böyiça kapital infratuzilma işlari ham alohida reja asosida amalga oşirilişi ma’lum qilingan. Mutasaddilar kartali-çuqurli ta’mirlaş va kapital işlar bir vaqtning özida bir xil köçalarda rejalaştirilmasligini qayd etib, mahalliy nuqsonlarni bartaraf etiş xavfsiz harakatlanişni tezda tiklaşga qaratilganini bildirgan.












