Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar oyida jami 950 278 nafar çet el fuqarolari turistik maqsadlarda Özbekistonga taşrif buyurgan.
Qayd etilişiça, mazkur körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oşgan.
Turistlar soni böyiça yetakçi uçlikni Qirğiziston (282 798 nafar), Tojikiston (244 373 nafar) va Qozoğiston (207 858 nafar) taşkil etgan.
Şuningdek, top-10 davlatlar qatorida Rossiya (69 070 nafar), Afğoniston (43 572 nafar), Turkmaniston (28 150 nafar), Xitoy (25 666 nafar), Turkiya (12 740 nafar), Hindiston (6 095 nafar) hamda Koreya Respublikasi (3 237 nafar) ham bor.












