Prezident farmoniga muvofiq, 2027 yil 1 yanvardan boşlab quyidagi özgarişlar kuçga kiradi:

  • ölçaş vositalarini qiyoslaş amaliyotidan voz keçgan holda, qonunlaştiruvçi metrologiya doirasida verifikatsiyalaş tizimi joriy etiladi;
  • sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita ta’sir qiladigan ölçaş vositalari kalibrlaşga ötkaziladi, standart namunalarni attestatsiyadan ötkaziş tartibi bekor qilinadi;
  • kalibrlaş laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va ölçaşlar byurosi bazasida e’tirof etilgan kalibrlaş imkoniyatlari qayd etilgan yönalişlari akkreditatsiyadan ötişdan ozod qilinadi.

Şuningdek, 2026-2027 öquv yilidan standartlaştiriş, metrologiya va muvofiqlikni baholaş yönalişlarida tahsil olayotgan OTM talabalari uçun:

  • “Maxsus stipendiya” ta’sis etiladi;
  • rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga soliş (Technical Regulation) tizimini örganiş modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
  • sönggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirişni nazarda tutuvçi “2+2” şaklidagi qöşma ta’lim dasturlari işlab çiqiladi.