Germaniya şimolida, Kil şahri yaqinidagi Putlos poligonida NATOning taxminan 3000 nafar harbiy xizmatçisi 18 fevral, çorşanba kuni Germaniyaning Boltiqböyi sohiliga desant tuşiriş böyiça maşqlar ötkazdi. Uşbu manyovrlar doirasidagi amfibiya operatsiyasida Ispaniya va Turkiyadan 250 nafar harbiy iştirok etdi: ular aviatsiya va flot kömagida sohilga tuşirildi. Operatsiyaga nemis generali Ingo Gerxars boşçilik qildi.

Maşqlar jarayonini Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius kuzatib turdi. «Aynan Boltiq dengizida xavfsizlik vaziyati dramatik tarzda keskinlaşdi», — dedi Pistorius va Rossiya gibrid tahdidlar yaratayotganini qöşimça qildi. Vazirning aytişiça, bunday maşq alyansning birdamligi va jangovar tayyorgarligini, şuningdek Rossiyani tiyib turiş masalasidagi qat’iy niyatlarni namoyon qiladi.

Operatsiyada 15 ta kema iştirok etgan. Avvaliga Bundesverning ikkita Eurofighter qiruvçi samolyoti plyaj ustida parvoz qilgan, söng u yerga beş nafar ispaniyalik jangovar suzuvçi yetib kelgan. Eng asosiy bosqiç — jangovar vertolyotlar kömagida sohilga sakkizta turk amfibiya maşinasi Zaha çiqişi bölgan, şu vertolyotlardan ispaniyalik maxsus bölinma ham desant qilib tuşirilgan.

Bundesverning Boş inspektori (bu lavozim Germaniya Qurolli Kuçlari ştab boşliğiga mos keladi — tahr.) Karsten Broyyer Rossiya tomonidan kelayotgan tahdid real ekanini aytdi va Moskva öz qöşinlarini ğarb yönalişiga qayta moslaştirişda davom etayotganini ta’kidladi. Broyyer fikriça, maşqlar diplomatik ta’sirga ham ega — kuç va birlikni körsatadi.

Yanvardan martgaça ötayotgan NATOning Steadfast Dart 2026 manyovrlarida amerikalik askarlar iştirok etmayapti. Germaniya mudofaa vaziri Pistorius bu holatni transatlantik munosabatlardagi taranglik bilan boğlaş taxminlarini rad etib, AQŞ kuçlarining iştirok etmasligini «mutlaqo oddiy rotatsiya» deb atadi.

Putlosdagi maşqlar bir neça davlatlarda ötayotgan NATOning Steadfast Dart 2026 manyovrlarining bir qismi hisoblanadi. Ularda jami taxminan 10 ming nafar harbiy xizmatçi 11 ta Yevropa davlatidan qatnaşmoqda. Germaniya maşqlarda iştirok etiş uçun 7300 nafar askar va ofitser yuborgan.

Steadfast Dart 2026’ning asosiy maqsadi — alyans hududi böylab qöşinlarni qançalik tez köçira olişini tekşiriş. Bu 2024 yilda taşkil etilgan NATOning tezkor javob kuçlari — Allied Reaction Force (ARF)ning eng yirik manyovrlaridir. Inqiroz yuz bersa, ARF 10 kun içida 40 ming nafar harbiyni joylaştirişga qodir bölişi kerak.