Ma’lumotda aytilişiça, mazkur şaxslar AQŞga noqonuniy kiriş niyatida bölgan xorijliklarga (safar xizmatlari orqali) atayin yordam körsatgan. Kompaniyalar nomlari oçiqlanmagan.
Şuningdek, tekşiruvlar davomida uşbu tuzilmalar vakillari xorijliklarni, jumladan voyaga yetmaganlarni ham, Özbekiston aeroportlari va çegaralari orqali Markaziy Amerikadagi tranzit nuqtalariga yetkazişni muvofiqlaştirgani haqida xulosalar keltirilgan. Keyinçalik ularning köpçiligi AQŞga noqonuniy kirişga uriniş paytida uşlangani aytilmoqda.
Bu qaror Özbekiston fuqarolariga ommaviy tarzda viza beriş töxtatildi degani emas — çeklovlar rasmiy bayonotlarda ayrim şaxslarga nisbatan qöllanayotgani sifatida talqin qilingan.












