Şanba kuni Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali nam va salqin havo massalari kirib kelişi kutilmoqda, deya xabar berdi Özgidromet.

Juma kunduzi Özbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kun örtasiga kelib havo +20…+25 darajagaça isiydi. Bunday harorat qiş faslining oxirigi oyiga qaraganda bahor faslining örtalariga xos ekani qayd etilgan.

Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va keçga tomon Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi. Havo harorati respublika şimolida +8…+13 daraja atrofida böladi.

21 fevral kuni keçasi va ertalab respublikaning aksariyat hududlarida (Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatidan taşqari) yomğir yoğadi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bölişi mumkin. Farğona vodiysi viloyatlarida ertalab va kunning birinçi yarmida yomğir yoğişi kutilmoqda.

Özbekistonning toğoldi va toğli hududlarida 21 fevral kuni yoğingarçilik (yomğir, qor), ba’zi joylarda kuçli böladi, sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi mumkin.

Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr/soniyagaça kuçayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.

Şanba kunduzgi havo harorati me’yoriy qiymatlargaça pasayadi va +9…+14 daraja atrofida böladi. Yakşanba kuni Özbekistonning barça hududlari böyiça yoğingarçilik kutilmaydi va harorat +15…+18 darajagaça kötariladi.

Dam oliş kunlari keçasi va ertalab respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin.

Toşkent şahrida juma kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +22…+24 daraja iliq böladi. 21 fevralda keçasi va ertalab yomğir yoğadi, momaqaldiroq bölişi mumkin, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat keçasi va kunduzi +11…+13 daraja böladi.

Yakşanba kuni yoğingarçilik kutilmaydi. Keçasi va ertalab tuman tuşişi mumkin. Harorat keçasi +3…+5, kunduzi +14…+16 daraja böladi. Şamol özgaruvçan yönalişda 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, 20 fevralda keçqurun va 21 fevralda 10–12 metr/soniyagaça kuçayişi mumkin.