Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 10:40 larda Mirobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda Cobalt, 2 ta Lacetti, Spark va Nexia-2 avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.