Toşkentda avtobusda yoş bolaga şilqimlik qilgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanişdi.

Sud hukmiga köra, 1988 yilda tuğilgan Ğ.X. 2025 yil 4 fevral kuni soat 21:00 larda 98-sonli avtobusga yölovçi sifatida çiqib, futbol tögaragidan qaytayotgan 13 yoşli öğil bolaga mast holatda zörlik işlatgan va qörqitgan. U bolaning kökrak qismidan uşlab, labidan öpişga uringan va unga nisbatan uyatsiz buzuq harakatlar sodir qilgan.

Ğ.X. sudda aybiga iqror bölgan va avtobusdagi harakatlarini mast holda qilganini ma’lum qilgan.

“Zangiota tumanida joylaşgan tselofan işlab çiqariş sexida işlab, iş haqi sifatida 442 000 söm pul oldim. Söng Zangiota tumani hududida joylaşgan “vino-vodka”dan spirtli içimlik sotib olib, iste’mol qildim. “Damas”ga ötirib, Toşkent şahar Çilonzor tuman hududida joylaşgan “Çilonzor buyum bozori”ga keldim. Juda köp miqdorda spirtli içimlik iste’mol qilganim sababli keyin nima bölganini eslolmayman.

Közimni oçib qarasam Olmazor tumani Qoraqamiş dahasidagi oqib ötuvçi anhor yonida ekanman. Söng IIO xodimlari tegişli tartibda uşlaşdi. Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganim sababli sud tomonidan menga nisbatan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Keyinçalik 98-sonli avtobusda yoş bolaga uyatsiz-buzuq harakatlar sodir qilganimni bildim. Uşbu harakatlarni spirtli içimlik ta’sirida sodir qilganman. Nima uçun bunday qilganimni özim ham bilmayman”, degan erkak suddagi körsatmasida.

Şuningdek, u spirtli içimlik iste’mol qilsa özini bilmay qolişini aytib, qilmişidan puşaymon ekanini bildirgan hamda suddan yengillik söragan.

Ğ.X.ning avtobusdagi harakatini bola öz telefoniga tasvirga tuşirgan hamda yaqin qarindoşiga bölgan voqeani aytib bergan. Söngra bolaning qarindoşi holat yuzasidan IIO xodimlariga ariza bilan murojaat qilgan.

JIB Çilonzor tuman sudining 2025 yil 20 iyundagi hukmi bilan Ğ.X. Jinoyat kodeksining 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Ma’lum bölişiça, Ğ.X. muqaddam ham bir neça bor sudlangan. Xususan, 2013 yilda Jinoyat kodeksining 25,118-moddasi 1-qismi bilan 3,5 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.