Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fabritsio Romano Zidanning ehtimoliy keyingi ish joyini aytdi
«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidan JCh-2026dan keyin Fransiya terma jamoasining bosh murabbiyi etib ehtimoliy tayinlanishi bo‘yicha Fransiya futbol federatsiyasi bilan og‘zaki kelishuvga kelgan. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Foto: REUTERS
«Zidan atrofida har doim “Real Madrid” va boshqa joylar bilan bog‘liq ko‘p mish-mishlar bo‘ladi. Zidan bilan bog‘liq vaziyatga kelsak: menga aytishlaricha, barcha narsa, bu mish-mishlarga qaramay, juda ham aniq va tushunarli holatda qolmoqda. Ehtimol, dekabrda Zidanni “Real” bilan bog‘lashganini eslaysiz, va men sizga aytgan edim: agar Xabi Alonso ketsa, nomzod Arbeloa bo‘ladi, va hozir ham Arbeloa klub tizimida qolmoqda.
Zidanga kelsak, men tushunishimcha, u bilan Fransiya futbol federatsiyasi o‘rtasida shunday tayyor og‘zaki kelishuv borki, Zidan jahon chempionatidan keyin terma jamoaning keyingi bosh murabbiyi bo‘ladi.
Hozir — Desham bilan JChga to‘liq e’tibor qaratilgan, federatsiyaga ham, fransuz futbolchilariga ham, Deshamning o‘ziga ham eng yuqori darajada hurmat saqlangan. Oldinda turnir bor, lekin chempionatdan keyin Zinedin ishga qaytadi va milliy terma jamoani boshqarishi kutilmoqda.
Biroq, yana qaytarib aytaman, bular faqat gaplar, xolos. Futbolda, hech narsa imzolanmaguncha, har nima bo‘lishi mumkin — ayniqsa murabbiylar masalasida: u yerda klublar o‘rtasida emas, faqat murabbiy bilan tashkilot o‘rtasida muzokara bo‘ladi. Shuning uchun Zidan bilan bog‘liq vaziyat Fransiya futbol federatsiyasi bilan “tayyor og‘zaki kelishuv” darajasida turibdi, va federatsiya jahon chempionati tugashini kutmoqda», — dedi Romano o‘z podkastida.
53 yoshli Zidan 2021 yil iyun oyida Madrid klubining bosh murabbiyi lavozimini tark etgan va shundan beri ishlamagan.
Mavzuga oid
15:05 / 28.06.2025
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida
14:08 / 03.11.2024
MLSdagi omadli mavsum, JCh-2026 masalasi va futboldan keyingi faoliyat – Messi Romanoga katta intervyu berdi
12:51 / 23.10.2018
Nurmagomedov, Zidan va Saloh eng mashhur musulmonlar ro‘yxatiga kirdi
15:34 / 02.06.2018