AQŞ va Rossiya hukumatlari ukrain qöşinlari Donbassdan olib ketilişi uçun Kiyevga birgalikda bosim qilmoqda, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

«Amerikaliklar ham, rossiyaliklar ham şunday deyişmoqda: agar siz uruş ertaga tugaşini xohlasangiz, Donbassdan çiqib keting», – degan u AFP uçun intervyusida.

Şu bilan birga, Zelenskiy «Ukraina uruşni yutqazyapti» deb bölmasligini qayd etgan. «Oçiğini aytsam, bizning mağlubiyatimiz muqarrar emas. Savol şundaki, biz ğalaba qozona olamizmi? Ammo bu juda qimmat turadigan masala», – degan prezident fransuz jurnalistlari bilan suhbatda.

2026 yil boşidan buyon Rossiya va Ukraina Abu-Dabi va Jyenevada AQŞ iştirokida tinçlik örnatiş böyiça qator muzokaralar ötkazdi. Muzokaralarda hududiy masala asosiy mavzu bölib qolmoqda. OAV ma’lumotlariga köra, boşqa narsalar qatorida tomonlar Donbassda demilitarizatsiya zonasini yaratiş imkoniyatini muhokama qilgan. Uşbu masalada hozir heç qanday ilgarilaş yöq.

Ğarb razvedkasiga köra, Kreml tez orada tinçlik örnatilişidan umuman manfaatdor emas va Donbass ustidan töliq nazoratni harbiy yöl bilan qölga kiritişni davom ettirişga tayyor, muzokaralardan esa sanksiyalarni bekor qiliş va AQŞ bilan işbilarmonlik bitimlarini tuziş uçun foydalanmoqda.

Ukraina hamon Donetsk oblasti hududining beşdan bir qismini nazorat qilmoqda. Zelenskiyning aytişiça, Ukraina qurolli kuçlari janubiy frontda qarşi hujumlarda qator muvaffaqiyatlarga erişgan.

«Men tafsilotlarni keltirmayman. Ammo bugun birinçi navbatda qurolli kuçlarimizni tabriklasam böladi – çunki bugungi kunda 300 kilometr kvadrat hudud ozod etilgan», – degan Ukraina prezidenti AFP bilan suhbatda. U bu hududlar qaysi vaqt oraliğida ozod etilganiga aniqlik kiritmagan. 

Hududiy talablardan taşqari, AQŞ va Rossiya tinçlik rejasi doirasida Ukrainada prezidentlik saylovlari ötkazilişini talab qilmoqda.

Zelenskiy ilgari Ukrainada ovoz beriş jarayoni faqat uruş tugaganidan keyin ötkazilişi mumkinligini aytib kelardi. Prezident fikriça, Kreml uni hokimiyatdan çetlatiş uçungina tezkor saylovlar ötkazişni talab qilmoqda. «Rostini aytaylik, ruslar şunçaki meni almaştirmoqçi. Uruş paytida heç kim saylovga borişni xohlamaydi. Uning halokatli oqibatlaridan hamma qörqadi», – degan u AFP jurnalistlariga.

Zelenskiyning fikriça, Ukrainadagi saylovlar Kiyevning ittifoqçilari Rossiya hujumlarining oldini oliş uçun işonçli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etgan taqdirdagina bölib ötişi mumkin. Ukraina rahbari harbiy harakatlar töxtatilgan taqdirda Ukrainaga yuborilişi mumkin bölgan Yevropa qöşinlari front çiziğiga yaqinroq joylaştirilişi kerakligini ta’kidlagan. «Albatta, heç kim oldingi safda turişni xohlamaydi, lekin ukrainlar hamkorlarimiz oldingi safda biz bilan yonma-yon turişini istaşadi», – deydi u AFP’ga.