AQŞning şimoli-şarqida qor böroni boşlanişi sabab Nyu-York meri Zoxran Mamdani şaharda favqulodda holat rejimini joriy qildi va yakşanba, 22 fevral kuni soat 21:00 dan duşanba kuni soat 12:00 gaça “muhim ahamiyatga ega bölmagan transport” harakatini töliq taqiqladi. Bu haqda şahar hukumati saytida xabar qilindi.
Transport harakatini çeklaş haqidagi qaror “favqulodda xizmatlar xodimlarining xavfsiz va tez harakatlanişini ta’minlaş” maqsadida qabul qilingan. U, xususan, jamoat transportiga, şuningdek dori-darmon va tibbiy jihozlar, oziq-ovqat, yonilği yetkazib beruvçi avtomaşinalarga, kommunal va boşqa “muhim” xizmatlar texnikasiga taalluqli emas.
23 fevral kuni Nyu-Yorkda davlat maktablari ham işlamaydi. Şu bilan birga, ularning ayrimlarida isiniş punktlari oçiladi. Mamdanining aytişiça, sönggi 10 yil içida şahar bu qadar kuçli böronga duç kelmagan.
AQŞ Milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, şimoli-şarqiy hududlarda qor soatiga 5–7,5 sm tezlikda yoğişi mumkin, şamol tezligi esa 110 km/soatgaça yetişi taxmin qilinmoqda. Yaqinlaşayotgan noqulay ob-havo sabab Massaçusets, Konnektikut, Delaver, Nyu-Jyersi va Rod-Aylend ştatlarida ham favqulodda holat rejimi joriy etildi.
Bundan taşqari, bir qator ştatlarda safarga çiqişga çeklovlar yoki taqiqlar kiritilgan, minglab aviareyslar bekor qilingan. Sinoptiklar prognoziga köra, böron va kuçli şamollar tufayli elektr ta’minotida uzilişlar bölişi mumkin.
Yangi qor böroni AQŞning şimoli-şarqiga mamlakatda “Fern” nomli qişki böron oqibatida kamida 100 kişi halok bölganidan bir neça hafta ötib yopirilmoqda. U “sönggi 100 yildagi eng qudratli böronlardan biri” sifatida qayd etilgan edi. Şunda böron oqibatlari u yoki bu tarzda AQŞning 220 mlndan ortiq aholisiga ta’sir qilgani aytilgan.

















