Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026 yilning yanvar oyida Özbekistonga 1 642 nafar AQŞ fuqarolari turistik maqsadlarda taşrif buyurgan.

Turistlar soni avvalgi yilga nisbatan 39,4 foizga köpaygan.

Ularning safar maqsadlari tarkibida sayohat ustunlik qilib, 1 120 nafarni taşkil etgan. Şuningdek, xizmat yuzasidan 269 nafar, öqiş uçun 112 nafar, qarindoşlarni yöqlaş uçun 133 nafar, tijorat maqsadida 6 nafar va davolaniş uçun 2 nafar taşrif qayd etilgan.

Mazkur davrda 964 nafar Özbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda AQŞga safar qilgan.

Joriy yil boşida AQŞga borgan Özbekiston fuqarolarining safar maqsadlari tahlil qilinganda — sayohat maqsadida 796 nafar, qarindoşlarni yöqlaş maqsadida 135 nafar, öqiş uçun 25 nafar, xizmat yuzasidan 6 nafar va davolaniş uçun 2 nafar fuqaro safar qilgan.

https://t.me/statistika_rasmiy/7227