Global iqtisodiyotda regionalizm tobora kuçaymoqda. Savdo uruşlari, geoiqtisodiy fragmentatsiya, ta’minot zanjirlarining qayta konfiguratsiyasi şaroitida mintaqaviy bloklar investorlar uçun barqaror va prognoz qilinadigan maydon yaratişga intilmoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari ham uşbu jarayondan çetda qolmasligi kerak. Mintaqaviy integratsiyaning navbatdagi bosqiçi sifatida mintaqa davlatlari uçun Umumiy investitsiya makonini barpo etiş dolzarb strategik vazifaga aylanişi lozim.

Nega aynan investitsiya makoni?

Bugungi kunda Markaziy Osiyo aholisi qariyb 80 milliondan oşdi. Agar unga Ozarboyjon aholisi ham qöşilsa, bu raqam salkam 100 millionga teng keladi. Bu endi kiçik va fragmentatsiyalaşgan bozor emas. Albatta, u Yevropa Ittifoqi yoki ASEAN miqyosidagi bozor bilan tenglaşmaydi, biroq mintaqa içida “milliy çempionlar”ni yetiştiriş, sanoat klasterlarini şakllantiriş va kapital harakatlanişini tezlaştiriş uçun yetarli hajmni ta’minlay oladi.

Bozorning kengligi tadbirkorlik harakatçanligini tezlaştiradi. Içki bozorni töyintirgan biznes tabiiy ravişda qöşni mamlakatlarga çiqişni boşlaydi. Bu jarayon allaqaçon kuzatilmoqda: işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohasidagi kompaniyalarimiz Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston va hatto Afğoniston bozorlariga kirib bormoqda. Şu bilan birga, qöşni davlatlardan ham investitsiya oqimi şakllanmoqda. Masalan, Qozoğiston kapitali iştirokidagi moliyaviy institutlarning faoliyati bunga misol böla oladi.

Biroq bu jarayonlar hozirça tizimli emas. Ular alohida ikki tomonlama kelişuvlar, notekis soliq siyosati va turliça huquqiy rejimlar doirasida amalga oşmoqda. Natijada investor uçun huquqiy aniqlik va prognoz qila oliş darajasi pastligiça qolmoqda.

Umumiy investitsiya makoni qanday quriladi?

1. Yagona mintaqaviy investitsiya bitimini işlab çiqiş

Hozir mintaqada asosan eski avlod ikki tomonlama investitsiya bitimlari amal qilmoqda. Ular investitsiyalarni himoya qilişning zamonaviy standartlariga töliq javob bermaydi.

Markaziy Osiyo davlatlari örtasida yagona, beş yoki olti tomonlama mintaqaviy investitsiya bitimi qabul qilinişi lozim. Bu hujjat:

  • investitsiyalarni himoya qilişning yagona standartlarini belgilaşi,