Özbekistonda sun’iy yomğir yoğdiriş texnologiyasiga ilmiy asoslangan holda, amaliy pilot loyiha işlab çiqiladi. Bu – 2026 yilgi davlat dasturida körsatilgan.

Loyiha ustidagi işlar 2026 yil 1 martdan boşlanadi.

Sun’iy yomğir yoğdiriş uçun Fransiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni kabi xorijiy mamlakatlar tajribasi örganiladi.

Pilot tajribalar doirasida kamida 3–5 ta amaliy sinov ötkaziladi. Bu orqali yoğingarçilik özgarişi tabiiy fonga nisbatan 10–20 foizga ösişi ta’minlanadi.

Vazifa ijroçilari – Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, Fanlar akademiyasi va Toşkent viloyati hokimligi.

Ma’lumot uçun, 2025 yil aprel oyida Qişloq xöjaligi vazirligi Özbekistonda ilk marta yomğir yoğdiriş texnologiyasi joriy etilganini xabar qilgandi. Xabarda aytilişiça, Navoiy viloyatining Konimex tumanida yoğingarçilikni sun’iy ravişda yuzaga keltiruvçi zamonaviy apparat olib kelingan bölib, loyiha Qozoğistonning “International Centre of Climate Change Technologies” (ICCT) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.