Bugungi kunda qişloq xöjaligida mexanizatsiya darajasi 81 foizni taşkil etmoqda. Sönggi yillarda 1 ming 756 ta paxta teriş maşinasi xarid qilinib, paxta terimining mexanizatsiya darajasi 52 foizga yetdi. Ötgan mavsumda 2,1 million tonna paxta maşina yordamida yiğib olingani natijasida keyingi beş yilda qöl mehnati 1,8 barobar qisqargan.
Navbatdagi vazifa sifatida paxtani maşinada teriş uluşini kamida 70 foizga yetkaziş belgilandi. Şu maqsadda 2026 yilda 800 ta paxta teriş maşinasi, şuningdek, 6 mingta seyalka, traktor va kombayn xarid qilinişi rejalaştirilgan. Umuman, yil davomida 10 mingta yangi texnika olib kelinib, qişloq xöjaligi texnikalari parki 292 mingtaga yetkazilişi közda tutilmoqda.

Yangi texnikalarni fermerlarga qulay şartlarda lizingga beriş uçun xalqaro moliya institutlaridan 400 million dollar jalb qilinadi. Texnikalar milliy valutada 2 yillik imtiyozli davr bilan 10 yilga 18 foiz stavkada berilib, kredit stavkasining 8 foizi budjet hisobidan qoplab beriladi.
Taqdimotda mahalliy qişloq xöjaligi maşinasozligini rivojlantiriş ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi. 2026–2028 yillarda mahalliy işlab çiqariladigan texnika va agregatlar hajmini 5 barobarga oşiriş, mahalliylaştiriş darajasini qöşimça 10 foizga kötariş rejalaştirilgan. Xususan, 2026 yilda işlab çiqariş 6 ming donagaça yetkazilişi, 2028 yilga qadar mahalliylaştiriş körsatkiçi öziyurar texnikada 30–35 foizga, osma va tirkamali texnikada 60–65 foizga çiqarilişi közda tutilmoqda.

Şuningdek, texnika va agregatlarni sotib olişda subsidiyalaşning amaldagi tizimi mahalliylaştiriş darajasi 25 foizdan yuqori bölgan texnikaga tatbiq etilmoqda. Talab yuqori bölgan 3 turdagi import texnika böyiça ham subsidiya ajratiş taklif qilindi. Joriy yilda texnika qiymatining 15 foizini qoplaş uçun 660 milliard söm subsidiya yönaltirilişi rejalaştirilgan.
Taqdimotda zamonaviy bank xizmatlarini yölga qöyiş, kreditlaş jarayonlarini avtomatlaştiriş va raqamli monitoring tizimlarini joriy etiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 2025 yilda “Agrobank” ATB tomonidan qişloq xöjaligi texnikasi uçun 1,6 trillion sömlik kreditlar ajratilgan bölsa, joriy yilda bu körsatkiçni 3,9 trillion sömga yetkaziş közda tutilgan. Avtomatlaştiriş natijasida kredit ajratiş muddati 3 kundan 3 soatgaça qisqarişi kutilmoqda.













